MAZLUMGA YoRDAM BERIShNING HUKMI

730
0

بسم الله الرحمن الرحيم

 MAZLUMGA YoRDAM BERIShNING HUKMI

Insonlar ustidan hukm chiqarishga faqat Yaratguvchigina haqli, kim buni inkor qiladi?! “Demakratiya” deb olishib, kufr foydasiga qilingan hukm toʻgʻrimi, kufrning va xoinlarning hukmlari adolatmi?! Alloh Taolo aytadi:

مَا تَعْبُدُونَ مِنْ دُونِهِ إِلَّا أَسْمَاءً سَمَّيْتُمُوهَا أَنْتُمْ وَآبَاؤُكُمْ مَا أَنزَلَ اللَّهُ بِهَا مِنْ سُلْطَانٍ

 إِنْ الْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ أَمَرَ أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا إِيَّاهُ ذَلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

Sizlar esa, U zotni qoʻyib, oʻzlaringiz va ota-bobolaringiz atab olgan nomlargagina ibodat-qullik qilasizlar. Axir Alloh ularga biron hujjat tushirmagan-ku? Hukm faqat Allohnikidir. U zot sizlarni faqat Oʻzigagina ibodat-qullik qilishga buyurgandir. Eng toʻgʻri din mana shudir. Lekin odamlarning koʻplari buni bilmaydilar. [12:67]

Yana aytadi:

إِنَّا أَنزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ لِتَحْكُمَ بَيْنَ النَّاسِ بِمَا أَرَاكَ اللَّهُ وَلَا تَكُنْ لِلْخَائِنِينَ خَصِيمًا وَاسْتَغْفِرْ اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ كَانَ غَفُورًا رَحِيمًا

“Albatta, Biz sizga ushbu Haq Kitobni (Qurʼonni) odamlar orasida Alloh qoʻrsatgan yoʻl bilan hukm etishingiz uchun nozil qildik. Siz xoinlarni himoya qilguvchi boʻlmang. Allohdan magʻfirat qilishni soʻrang! Albatta Alloh magʻfirat qilguvchi va mehribon boʻlgan zotdir”. [4:105,106]

Yolgʻiz Allohning hukmigina haq deb ishonish moʻminlikdir. Alloh Taolo aytadi:

“Alloh va Uning paygʻambari bir ishni hukm qilgan-buyurgan vaqtida biror moʻmin va moʻmina uchun (Allohning hukmini qoʻyib) oʻz ishlaridan ixtiyor qilish joiz emasdir. Kim Alloh va Uning paygʻambariga osiy boʻlsa, bas, u ochiq yoʻldan ozish bilan yoʻldan ozibdi”. [33:36]

Shuningdek, Ummat ishi haqida beeʼtibor boʻlish haromdir. Rosululloh(s.a.v) shunday deydi:

“وَمَنْ لَمْ يَهْتَمَّ بِأَمْرِ الْمُسْلِمِينَ فَلَيْسَ مِنْهُمْ”

“Kimki musulmonlar ishiga qaygʻurmasa, u ulardan emas”. (Xokim rivoyati).

 Shu kunlarda bir muslima ona va uning begunoh farzandlari yordam soʻryapti, shunga moʻminning musobati qanday boʻlish kerak, shariat nima deydi?

“مَنْ سَمِعَ مُسْلِمًا يُنَادِي يَا للْمُسْلِمِينَ وَلَمْ يُجِبْهُ فَلَيْسَ بِمُسْلِمٍ”

“Kimki bir musulmonning ey musulmonlar, deya yordam soʻrayotganini eshitsayu, unga javob (yordam) bermasa, u musulmon emas”.

Qodir boʻla turib, himoya qilmagan kishi yordamsiz tashlab qoʻygan boʻladi. Muslimdagi Abu Hurayra(r.a.) hadisida:

“الْمُسْلِمُ أَخُو الْمُسْلِمِ لاَ يَظْلِمُهُ وَلاَ يَخْذُلُهُ”

“Musulmon musulmonning birodari, unga zulm qilmaydi, uni yordamsiz ham tashlab qoʻymaydi…”, deyilgan.

Musulmon kishi qodir boʻlsa, qoʻlidan kelgan yordamini berishi, hatto gʻoyibona tarzda boʻlsa ham birodarining obroʻsini himoya qilmogʻi lozim. Abu Dovuddagi Jobir (r.a) rivoyatida Paygʻambar (s.a.v) shunday deganlar:

مَا مِنْ مُسْلِمٍ يَخْذُلُ امْرَأً مُسْلِمًا فِي مَوْضِعٍ تُنْتَهَكُ فِيهِ حُرْمَتُهُ, وَيُنْتَقَصُ فِيهِ مِنْ عِرْضِهِ, إِلاَّ خَذَلَهُ اللَّهُ فِي مَوْطِنٍ يُحِبُّ فِيهِ نُصْرَتَهُ, وَمَا مِنْ امْرِئٍ يَنْصُرُ مُسْلِمًا فِي مَوْضِعٍ يُنْتَقَصُ فِيهِ مِنْ عِرْضِهِ, وَيُنْتَهَكُ فِيهِ مِنْ حُرْمَتِهِ, إِلاَّ نَصَرَهُ اللَّهُ فِي مَوْطِنٍ يُحِبُّ فِيهِ نُصْرَتَهُ

“qaysi bir musulmon kishi yana bir musulmon kishining obroʻsiga putur etkazilayotgan, hurmati toptalayotgan bir paytda yordamsiz tashlab ketsa, unga Allohning yordam berishini xohlab turgan bir paytda Alloh uni yordamsiz tashlab qoʻyadi. qaysi bir kishi bir musulmonning obroʻsiga putur yetkazilayotgan, hurmati toptalayotgan bir paytda unga yordam bersa, Alloh ham unga yordamini beradi”.

Musulmonlar ishiga har bir moʻmin ahamiyat berishi vojib boʻlsada, lekin bu ishda ham oʻz masʼuliyati bor. Bu ishlardagi javobgarlikni Alloh Taolo imomlar va rahbarlar zimmasiga yuklagan. Har qanday moʻmin har bir ish boʻyicha imomlarga, rahbarlarga murojaat qilishi va ularni muhosaba qilishlari vojib. Bu masalada Rosululloh(s.a.v) shunday degan:

“أَلاَ كُلُّكُمْ رَاعٍ وَكُلُّكُمْ مَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، فَالإِمَامُ الَّذِي عَلَى النَّاسِ رَاعٍ وَهُوَ مَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، …”

“Ogoh boʻlingki, har biringiz rahbarsiz va har biringiz oʻz raiyatidan masʼulsiz. Odamlarga bosh boʻlgan imom rahbardir va u oʻz raiyatidan masʼuldir…”.

Darhaqiqat, Rasululloh(s.a.v) munkarni oʻzgartirishga, hatto hokimning hato ishlarini inkor etishga amr etdilar va bu inkorni qodir boʻlgan har qanday vosita bilan – qilich koʻtarish darajasiga bormaslik shartiga koʻra qoʻl bilan, yaʼni munkarni yoʻqotishi talab qilinadi. Endi oʻzida ojizlikni xis qilsa, unda mutlaqo til bilan yaʼni har qanday soʻzlar bilan va agar qoʻl va tildan ojiz boʻlsa, qalb bilan inkor etishini vojib qildi. Kim inkor qilmasa, gunohda hokimga sherik dedi. Bu fikr imom Muslim Abu Saʼiyd al-Xudriydan rivoyat qilgan hadisdagi Rasululloh (s.a.v)ning soʻzlaridan olingan: “Sizlardan kimiki munkar ishni koʻrsa, uni qoʻli bilan oʻzgartirsin. Bunga qudrati yetmasa, tili bilan oʻzgartirsin. Bunga ham qudrati yetmasa, qalbi bilan oʻzgartirsin. Bu esa iymonning eng zaifidir”. Yana Rosululloh(s.a.v) shunday dedilar:

“سَيِّدُ الشُّهَدَاءِ حَمْزَةُ بْنُ عَبْدِ الْمُطَّلِبِ وَرَجُلٌ قَامَ إِلَى إِمَامٍ جَائِرٍ فَأْمَرَهُ وَنَهَاهُ فَقَتَلَهُ”

“Shahidlar sayyidi Hamza ibn Abdulmuttolib va zolim hokimga qarshi turib, uni (maʼrufga) buyurib, (munkardan) qaytargan, natijada oʻsha zolim hokim tomonidan qatl qilingan kishidir”.

Yana Rosululloh(s.a.v) dedilar: “Ikki toifa insonlar borki, agar ular tuzalib oʻnglansalar, insonlar ham oʻnglanadilar. Agar ular buzilsalar, isonlar ham buziladi. Ular ulamolar va amirlardir”. (“Al-Hilya” kitobida Abu Naʼim rivoyat qildi).

Shariat hukmlarini inkor qilish kufr boʻlib, sharʼiy dalillarga asoslanmagan hukmning xech qanday eʼtibori yoʻq. Shuning uchun Abu Hanifa (r.a.) “meni gapim hadisga zid chiqsa, hadisni ushlanglar. Meni gapimni devorga uringlar, hadis mening mazhabimdur” deganlar.  Rosululloh(s.a.v) shunday dedi:

“وَمَنْ أَحْدَثَ فِي أَمْرِنَا هَذَا مَا لَيْسَ مِنْهُ فَهُوَ رَدٌّ”

“Kim bu ishimizda undan boʻlmagan narsani paydo qilsa u rad qilinadi”.

Muttaqiy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.