Pentagon Afgʻonistondagi amerikalik harbiylar soni oshirilishini tasdiqladi

0
955

Pentagon Afgʻonistondagi amerikalik harbiylar soni oshirilishini tasdiqladi

 AQShning Afgʻonistondagi kontingenti 3 mingdan koʻproq harbiyga oshiriladi va ularning umumiy soni 14 ming kishidan oshadi. Buni 18 sentyabrda Pentagon vakili Maykl Endryus tasdiqlagan.

 OAVda AQSh kontingenti 3,5 ming harbiyga oshirilishi haqida maʼlumot berilgan.

 “Biz ular qayerga joʻnatilishlarini aytmaymiz, chunki dushman rejalarimizdan xabardor boʻlishini istamaymiz”,- deb aytgan Endryus.

 Bungacha AQSh prezidenti Donalьd Tramp Pentagon boshligʻi Jeyms Mettisga kontingent miqdorini 4 ming kishi atrofida oʻzi maʼqul koʻrgancha oshirish huquqini bergandi.

 Bundan tashqari, Tramp avgustda AQShning Afgʻoniston boʻyicha yangi strategiyasini eʼlon qilgandi. U strategiyaning harbiy tomonlari haqida gapirishni istamagan, biroq Afgʻonistondan qoʻshinlar tez olib chiqilmasligiga ishora qilgan.

 Pentagon avgustda AQShning Afgʻonistondagi qoʻshinlari soni 11 ming kishidan iboratligini maʼlum qilgandi.

Turkiston:

AQSh Afgʻonistonda harbiy urush olib bormoqchi emas. U ilgari yuz mingdan ortiq askari bilan ham Afgʻonistonni ishgʻol qilib, oʻz izniga sola olgan emas! Demak AQShning maqsadi boshqa.

Oxirgi vaqtlarda Afgʻoniston hududida “IShID” jangarilari paydo boʻla boshladi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, bu jangarilarni AQSh oʻz vertolyotlari bilan Iroqdan Avgʻonistonga olib oʻtaoʻtayotganligi aytilmoqda. Hatto “IShID” “Tolibon” askarlari bilan toʻqnashgani va bir qancha qoʻporuv amaliyodlar uyushtirgani haqida xabarlar tarqatildi.

Shu xulosalardan kelib chiqib tahlil qilinadigan boʻlsa, AQSh Avgʻonistonda bir qator fitnakashlik ishlari uyushtirishni va shuning ortidan “Tolibon” harakati bilan “IShID” jangarilarini oʻzaro urushtirishni maqsad qilyapti. Buning ortidan Avgʻonistondagi harbiy bazasini yanada kengaytirib, u orqali har ikki tomon janchilarini qurollantirib borishni koʻzlayapti.

AQShning yana bir asosiy maqsadi, Xitoyning shimoliy garbiy tomonidagi harbiy quvvatini mustahkamlab olish orqali, Xitoyni oʻz changalida ushlab turish uchun olib borayotgan olamiy strotegiyasi boʻyicha harakatini davom ettirishdir. Yaʼni AQSh xuddi shimoliy koreya singari Markaziy Osiyo tomonda ham, xavfli xudud paydo qilish ortidan mintaqada Xitoyga qarshi harbiy vujudini kuchaytirib olishni koʻzlamoqda.

Albatta, Avgʻonistondagi bu holatdan Oʻrta Osiyo mamlakatlariga qarshi strotegiyalarida foydalanishga ham harakat qiladi.

Izohlar yo'q