Trampning BMT bosh assambleyasida soʻzlagan nutqi noroziliklarga sabab boʻldi

691
0

Trampning BMT bosh assambleyasida soʻzlagan nutqi noroziliklarga sabab boʻldi

BMT bosh assambleyasida ilk bor nutq soʻzlagan AQSh prezidenti BMT chiqimlarinining aqsariyatini AQSh toʻlayotganini aytib, boshqa davlatlarni yerga urdi. Faqat AQShga yaxshi xizmat qilayotgan Rossiya, Turkiya, Iordaniya va Livan davlatlariga minnatdorchilik bildirdi.

“BMT bosh assambleyasida 193 mamlakat bor, lekin byudjetning 23 foizini biz toʻlayapmiz. Juda katta bir moliyaviy yukni zimmamizga olyapmiz. Jahonning koʻplab mamlakatlarda nizolar davom etmoqda. Maʼlumki, hech bir davlat nomutanosib ravishda bu yukni oʻz zimmasiga olmaydi”, “Suriya inqirozining kuchayganligiga guvoh boʻlib turibmiz, u yerda siyosiy inqiroz mavjud”, “AQSh Kubadagi korruptsiyaga botgan rejim bilan ham faoliyatini davom ettirmoqda”, “Venesuyeladagi  sotsialistik diktaturani esa, aslo qabul qilib boʻlmaydi”, dedi AQSh prezidenti.

Donald Trampning tahdid ohangida soʻzlagan bu nutqi boshqa davlat rahbarlarining noroziligiga sabab boʻldi. Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Margot Vallstrom “VCC” televizion kanaliga bergan intervyusida “(Tramp) notoʻgʻri vaqtda, notoʻgʻri auditoriyaga, notoʻgʻri nutq qildi”, deya Trampning irqchi soʻzlariga oʻz noroziligini izhor qildi.

Venesuyela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreaza ham BMT bosh qarorgohida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida oʻz mamlakatiga tanqid yogʻdirgan Trampga norozilik bildirdi. Trampning urushlar, mamlakatni vayron qilishlar, embargolar haqida soʻz yuritganligiga diqqat qaratgan Arreaza, uni boshqa davlatlar rahbarlariga oʻzining xizmatkoridek muomala qilishda aybladi.

“Tramp BMT bosh assambleyasidagi davlat yetakchilariga oʻzining xizmatkorlari kabi xitob qildi. Bugun bu yerda eshitganlarimiz dunyo uchun qaygʻulidir”, “Tramp xalqaro qonunni buzmoqda. U oʻzini dunyoning boshqaruvchisi deb hisoblayapti, ammo oʻz oʻlkasini ham boshqara olmayapti”, dedi Venesuyela tashqi ishlar vaziri.

Ammo “Isroil” bosh vaziri Benyamin Netanyahu esa, oʻzining tvitter sahifasi orqali bergan bayonotida Trampga maqtovlar yogʻdirdi. “BMT bilan boʻlgan 30 yillik tajribamda bundan avval bunday jasoratli nutq eshitmagan edim”, deya Trampga baho berdi Netanyahu.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.