Oʻzbekiston va Qozogʻiston harbiy-texnik hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzoladi
“RIA Novosti” xabariga koʻra, Oʻzbekiston va Qozogʻiston harbiy-texnik hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzoladi .
Hujjat Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida imzolandi. Unga Oʻzbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov va Qozogʻiston mudofaa va aerokosmik sanoat vaziri Beybut Atamkulov imzo chekdi.
“Kelishuvning amalga oshirilishi oʻzaro tenghuquqlilik va harbiy-texnika sohasidagi hamkorlik tamoyillari asosidagi ikki tomonlama hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qiladi”,- deyiladi hujjatga sharhda.
Joriy yilda Oʻzbekiston va Qozogʻiston harbiy-texnika sohasidagi hamkorlikni faollashtirdi. Avgust oyida Qozogʻiston va Oʻzbekiston mudofaa vazirliklari ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor harbiy hamkorlik rejasini tuzdi.
Ayni kunlarda Toshkentda Qozogʻiston mahsulotlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Unda jumladan, Qozogʻiston harbiy sanoat majmuasi korxonalari oʻz mahsulotlari – zirhlangan avtomobillar, universal poligon qurilmasi, qoʻmondonlik-shtab mashinalari va radiorele stantsiyalari, radioaloqa vositalarini namoyish etmoqda.