Rossiya harbiylari Oʻzbekiston togʻlarida mashgʻulot oʻtkazadi

926
0

Rossiya harbiylari Oʻzbekiston togʻlarida mashgʻulot oʻtkazadi

“Sputnik” sayti bergan xabarga koʻra, Rossiya markaziy harbiy okrugning Tuva togʻ motooʻqchi bogʻlanmasi harbiylari 3-7 oktyabr kunlari Oʻzbekistonning Forish togʻ poligonida boʻlib oʻtadigan Rossiya-Oʻzbekiston oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etishadi.

Harbiy oʻquv mashgʻulotlari davomida togʻlardagi noqonuniy qurollangan guruhlarni toʻxtatish va yoʻq qilish boʻyicha hamkorlikdagi mashqlar boʻlib oʻtadi.

Mashgʻulotlarda Rossiyadan 150 nafarga yaqin harbiy oʻz qurollari va aloqa vositalari bilan qatnashishadi.

Maʼlumot oʻrnida, Forish poligoni 2000 yilda Nurota tizmasining Hayotboshi choʻqqisi (dengiz sathidan 2169 metr balandlikda) qurilgan. Ushbu poligonda 2005 yilda shu kungacha yagona boʻlib turgan Oʻzbekiston-Rossiya antiterroristik mashgʻulotlari oʻtkazilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.