Qozogʻiston Suriyaga harbiylarini joʻnatishga tayyor

947
0
????????????????????????????????????

Qozogʻiston Suriyaga harbiylarini joʻnatishga tayyor

 BMT ruxsat bersa, Qozogʻiston Suriyaga tinchlikparvar yordam joʻnatishi mumkin. Bu haqda Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarbayev maʼlum qilgan.

 Bundan avvalroq Qozogʻiston TIV mamlakat Suriyaga harbiylarini yuborish boʻyicha muzokaralar olib bormayotgani, mamlakatning bu boradagi pozitsiyasi oʻzgarmasligi haqida maʼlum qilgan edi.

 “Agar BMT harbiylarni joʻnatish qaroriga ruxsat bersa, biz tashkilot aʼzosi sifatida u yerga oʻz harbiylarimizni yoʻllashimiz mumkin”,- degan Nazarbayev.

 Qozogʻiston konstitutsiyasiga koʻra, qaynoq nuqtalarga qozoq askarlarini joʻnatish faqatgina parlament roziligi bilan roʻy beradi.

 13 sentyabr kuni Ostonada Suriya boʻyicha muzokaralarning 6-bosqichi boshlangan edi.

Turkiston:

Qozogʻiston oʻz harbiylarini Suriyaga olib kirishga rozi boʻlishi bilan, ulkan xalqaro tuzoqqa tushish arafasida turibdi.

Kufr olami bu davlatning bir chimdim zaif harbiy askarlariga muxtoj boʻlib qolgani yoʻq! Ular bu mamlakatlarni, nomiga boʻlsa ham olamiy kufr yetakchi davlatlarning Shomga boʻlgan harbiy qatagʻonlariga sherik ekanliklarini amalda tasdiqlatib qoʻyishmoqchi boʻlishyapti. Maqsadlari Qozogʻistonda musulmonlarning tuygʻularini junbushga keltirib, bu mintaqada “islomiy urush” harakatlari uchun qulay muhit yaratib berishdir.

Qozogʻiston armiyasi hatto oʻz chegaralarini himoya qilish quvvatiga ham ega emas. Bu davlatda ulkan iqtisodiy muammolar mavjud. Prezidentning yuqoridagi loihani imzolashida oʻz mamlakati uchun ulkan xiyonat va juda katta tarixiy xato boʻlishi mumkin. Rossiyaning Suriyadagi qonli yurishlariga sherik qilib qoʻyadigan bu harbiy bitim ikki davlatni doimiy xavf-xatarlar ostida yashaydigan holatga tushirib qoʻyadi. Bu esa Putinning Markaziy Osiyo uchun tayorlab borayotgan maqsadlariga mos keladi. Rossiya uchun bu davlatlarning harbiy koʻmaklari emas, balki ularning kufrga moil boʻlgan rasmiy maʼnodagi ishtiroklari va nomiga boʻlsa ham ular bilan harbiy hamkorlik qilishayotgani muhim.

Yaqinda Qozoq parlamenti islomiy terrorchilarni fuqorolikdan mahrum qilish koʻzda tutilgan qonunni tasdiqladi. Demak Qozogʻiston shu ketuvida, ichki siyosatida Islom va musulmonlarga qarshi repressiv harakatlarini kuchaytirishga majbur boʻladi. Chunki Suriyaga askar olib kirish islomiy qatlam uchun singdirib boʻlmaydigan darajada noroziliklar keltirib chiqarishi mumkin. Kufr olamining bu loihasidan kutayotgan asosiy maqsadi ham, xuddi shu islomiy norozilik muhitidan foydalanib olish ustiga quriladi!   

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.