Ikki nafar oʻzbek muhojiri Oʻzbekistonga topshirib yuborildi
Oʻzbekistonda tazyiqlarga uchraganligi sababli Turkiyadan boshpana topgan ikki nafar oʻzbek muhojiri noqonuniy yoʻllar orqali majburan Oʻzbekistonga topshirib yuborildi, yana toʻrttasi navbatda turibdi. Bu haqida “Osiyo ovozi” sayti xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, 2017 yil 9 mart kuni IShID bahonasida amalga oshirilgan amaliyotlarda 67 nafar Oʻzbekiston fuqarosi hibsga olingan, ulardan 40 nafari ayollar va yosh bolalardir. Qiynoqlar va qoʻpol muomalalarga duch kelgan oʻzbeklar oʻzlarining holati haqida telefon orqali xabar qilishgan boʻlsa ham, vaziyat oʻzgarmagan.
Oʻzbekiston fuqarosi Abdulqodir Masharipov tomonidan Reyna tungi kulubiga uyushtirilgan hujumlar ortidan Turkiyada oʻzbek muhojirlariga nisbatan bosimlar kuchaygan. Shu sababli, ular oʻzlarini Sharqiy Turkistonlik deb tanishtirishga majbur boʻlishmoqda. Izmir, Mugʻla va Aydin viloyatidagi hibsxonalarda saqlanayotgan 6 nafar Oʻzbekison fuqarosi ham oʻzining oʻzbekligini tan olishi uchun 8 soat qiynoqqa solingan.
Inson huquqlari himoyachilariga koʻra, turk rasmiylari hibsga olingan kishilarning suratlarini Oʻrta Osiyo davlatlariga yuborishgan. Soʻngra inson huquqlari tashkilotlarininng urinishlarini puchga chaqarish maqsadida Fahriddin Baypulatov va Muzaffar Tulayev uchun qisqa vaqt ichida bilet olinib, majburan samalyotga chiqarilgan.
Oʻtgan oy, yaʼni 2017 yil 18 avgust kuni, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan raisligida boʻlib oʻtgan vazirlar mahkamasi yigʻilishida qabul qilingan 694 sonli qaror boshpana izlab Turkiyaga kelgan qochqinlarni oʻz yurtiga qaytarib yuborish xavfini kuchaytirdi. Mazkur qarorga muvofiq Turkiyada hibsga olingan yoki mahkum etilgan xorijiy davlat fuqarolari oʻz vataniga yoki boshqa mamlakatga ekstraditsiya qilinadi.
Ushbu qaror qabul qilinishi ortidan Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot boʻlimining raisi Mahmud Qor jumladan shunday munosabat bildirgan edi: “Shundoq ham (bu qaror chiqmasdan avval ham) Turkiyaning Rossiya va Xitoy kabi kufr davlatlariga hamda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston kabi shafqatsiz diktatorlarga muhojir musulmonlarni topshirayotganligidan xabarimiz bor. Ammo bu qaror qabul qilinishi bilan Turkiyadagi barcha muhojirlar, xususan ulardan hibsga olinganlarining hayoti tahdid ostida qoldi. Turkiya bilan Rossiya va Xitoy oʻrtasida tuzilgan shartnomalardan muhojir musulmonlar nishonga olingan. Turkiya kofir Xitoy va Rossiyaning istagini amalga oshirmoqda. Musulmonlarni himoya qilish oʻrniga va ularni vahshiylarga topshirmoqda. Hatto baʼzi suriyalik qochqinlarni Bashar Asad rejimiga topshirib yuborilishidan xavotirdaman”.
Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot boʻlimining raisi Mahmud Qorning xavotirlaridan hech qancha vaqt oʻtmay, yuqorida aytib oʻtilgan ikki oʻzbek fuqarosining Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilinish hodisasi yuz berdi.