Atambayev saylovlardan keyingi beqarorlikdan hadiksirayapti

503
0

Atambayev saylovlardan keyingi beqarorlikdan hadiksirayapti

 “Sputnik” bergan xabarga koʻra, Almazbek Atambayev joriy yil 15 oktyabr kuni boʻladigan prezident saylovlari natijalari boʻyicha respublikadagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlarga yoʻl qoʻymasligini maʼlum qildi.

Qirgʻiziston sotsial-demokratik partiyasi (QSDP) siyosiy kengashi tomonidan sobiq bosh vazir Sooranbay Jeenbekov nomzodi qoʻyilgan. Uni Atambayev qoʻllab-quvvatlamoqda.

 “Hozir mamlakatda tebranishlar boʻlmoqda. Hukumat saylovdan soʻng vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlarni oldini olish maʼmuriy choralarini qoʻllamoqda. Men shu yil 1 dekabrgacha respublika prezidenti hisoblanaman. Bu vaqt mamlakatimizni yana notinchliklarga qaytarmoqchi boʻlganlarni jazolashga yetadi. Ayniqsa, meni xalq qoʻllab quvvatlayotgan paytda. Biz shunday qiyinchiliklar, cheklovlar vv talofatlar bilan yoʻlimizni topdik. Lekin oldingi tartiblarni istaydiganlar ham bor. Qirgʻizistondan tijorat manbai, uning tabiiy boyliklari, insonlar fojealaridan foyda koʻrishni istaydigan kuchlar bor. Bunga aslo yoʻl qoʻymaymiz”,- dedi jurnalistlarga Atambayev.

 Maʼlumki, Atambayevning prezidentlik vakolati shu yil 1 dekabrda yakunlanadi va konstitutsiyaga asosan u qayta prezidentlikka oʻz nomzodini qoʻyishi mumkin emas.

Turkiston:

Atambayevning xavotirlariga asos bor. U hokimiyatni oʻz taʼsiri ostida saqlab qolish uchun, faqat boshqaruv adminstratsiyasi va ichki harbiy quvvatlarga tayanib katta xatolarga yoʻl ochdi. Putin “senga yordam beraman” deganida, Atambayev mutlaq har tomonlama yordam kelishini tushunib oldi. U Rossiyaning bugungi kunda saqofiy, mafkuraviy va iqtisodiy mustamlaka qilish quvvatidan deyarli mahrum boʻlib qolganini tushuna olmadi. Natijada Rossiya faqat harbiy xavfsizlik tizimlari bilan butun ichki ishlar tarmoqlariga kirib keldi. Hatto Qirgʻiz elita vakillariga ham FXX boshchiligida MXDQ vositasida faqat moddiy qoʻrqituv ishlari olib borilyapti. Negaki hozir Qirgʻizistonda, Rossiyaga mafkuraviy ergashib borayotgan avvalgi siyosiy elita yoʻq. Bunday paytda har qanday davlatning siyosiy elitasini faqat kuch bilan sindirib ushlab turish, vaziyatni vaqtincha va faqat avtoritar rejim bilan ushlab turish mumkin boʻladi xalos.

Endilikda ular mafkuraviy kurash stsenariysini oʻylab topishmoqchi. Bundan maqsad Rossiya xavfsizlik kuchlari boshchiligida olib borilayotgan “tahdid bilan vaziyatni ushlab qolish” amaliyotidagi mudhish koʻrinishlardan xalq oldida oqlanishdir. Buning uchun ularga qandaydir mudhish, qoʻrqinchli gʻalamis qoʻporuvchi kuchlar kerak. Yaʼni, ular nomidan xalq manfaatlariga moddiy va maʼnaviy ziyonlar yetkazilishi kerak!

  Hozirda olamda demokratik mafkuraga qarshi tura oladigan islomiy mafkuradan boshqa Mabda (sistema) deyarli mavjud emas! Shuning uchun bu xavfsizlik tizimlari ham Islom va musulmonlar tomonidan kelayotgan xavf xatarlar haqida toʻqima amaliyotlar stsenariylarini uyushtira boshlashdi! Matbuot orqali maʼlumot hujumlarini kuchaytirishdi! Artur Medetpekov singari chekistdan chiqqan “dejur” ekspertlar yana sahnaning oldingi safiga olib chiqildi! Chunki bular avvaldan oʻz qoʻllarida hibsda turgan qirgʻiz fuqorolarini yolgʻon sahnaga olib chiqib otib yuborishyapti! Shuning uchun ular bu qilmishlari bilan oʻzlarini goʻyoki xalq manfaati himoyachilaridek koʻrsatishga urinishlari tabiiy.

Rossiya Yanukovich vositasida Ukrainada vaziyatni uzoq ushlab tura olmaganiga guvoh boʻlganmiz. Bu juda zaif va ishonchsiz sistemaviy rejimdir. Bu rejim uzoq vaqt mamlakatni harbiy quvvat bosimi bilan ushlab turishni talab qiladi. Rossiya esa, bizni Qrim singari hatto xavfsizlik xizmatlari orqalik ham uzoq dastaklay olmaydi. Shuning uchun Atambayevning koʻrganlaridan koʻra koʻrmaganlari hali oldinda, deyish mumkin!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.