Kufrga taʼziya bildirildi, musulmonlar unutildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Ispaniya qiroli Filipp VI-ga taʼziya maktubi yoʻllab, Barselonada sodir etilgan terror xuruji chogʻida juda koʻp begunoh odamlar hayotdan koʻz yumganligi va jarohat ololganligidan chuqur qaygʻuga botganligini bildirdi.
“Terrorizm balosining shafqatsiz yuzini yana bir bor oshkor qilgan va nafaqat Ispaniyada, balki barcha insoniyatning umumiy qadriyatlariga qaratilgan bu hujumlarni qattiq qoralayman”, deya yozdi Erdogʻan.
Qiroli Filipp VI nomiga yozilgan maktubda oʻz taʼziyasini izhor qilgan prezident Erdogʻan barcha Ispan xalqiga chin yurakdan hamdardlik bildirdi va bu qiyin kunlarda ittifoqchisi Ispaniya bilan toʻliq birdamlik ichida ekanligini taʼkidladi.
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim ham Ispaniyaning Barselona shahrida sodir etilgan hujumni qoralab, ispan xalqiga chin yurakdan taʼziya izhor qildi.
“Insoniyat va umuminsoniy qadriyatlarni nishonga olgan razil hujumlarni qoralaymiz. Doʻstlarimiz boʻlgan Ispan xalqining gʻamiga chin yurakdan sherikmiz. Halok boʻlganlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz va jarohat olgan kishilarga shifolar tilaymiz. Terrorizmga qarshi kurashda doʻstimiz va ittifoqdoshimiz bilan hamkorlik va birdamlik ichida boʻlishda davom etamiz”, dedi Binali Yildirim.
Turkiston:
Ayni paytda AQSh havo kuchlari Suriya-Iroq chegarasidagi bir masjidni havodan hujumga tutishi natijasida masjidda ibodat qilayotgan 21 tinch fuqaro hayotdan koʻz yumdi. Bundan ikki kun oldin AQSh samolyotlari uyushtirgan havo hujumida tinch aholidan bir oilaning 15 aʼzosi halok boʻlgan edi. Aytadigan boʻlsak, bunday qirgʻinlarning son-sanogʻi yoʻq. Biroq Gʻarbda yuzaga kelgan hodisalarga befarq boʻlmagan va har ikki gapining birida “terrorizmga qarshi kurashni davom ettiramiz” deya jar solayotgan Erdogʻan va uning safdoshlari nima uchun AQSh terroriga lom-mim deyishmayapti. “Suriyadagi musulmonlar biz uchun Allohning amonatidir” degan baland parvoz vaʼdalar qayoqda qoldi? Axir AQShning bu qirgʻinlari Terror harakati emasmi?! Nega Yevropa xalqiga uyushtirilgan hujum terror boʻladi-yu, musulmonarga uyushtirilgan hujumlar terror hisoblanmaydi? Nega butun dunyoning koʻzi Ispaniyadagi, Parijdagi, Londondagi va yana boshqa kufr yurtlaridagi fojealarni koʻradi-yu Suriyadagi, Iroqdagi, Arakandagi musulmonlarning boshiga tushayotgan fojelarga kelganda koʻr boʻlib qoladi.
Bu savollarning javobi aniq. Chunki bu yerlarda oʻlayotganlar musulmonlardir. Ularning qonlari kufr va uning hamtovoqlari nazdida hech qanday qadr-qiymatga ega emas. Bugungacha dunyoning har taraflarida millionlagan musulmonlar ayovsizlarcha qatl etildi va bu hozir ham davom etmoqda. Musulmonlar oʻz qalqoniga ega boʻlmas ekan, bu qirgʻinlar davom etaveradi. Rosululloh s.a.v. shunday marhamat qildilar:
“إِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ، يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ، وَيُتَّقَى بِهِ”
“Imom (Xalifa) qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi”. (Imom Muslim).