Tojikiston Qirgʻiziston bilan chegarada yirik harbiy mashgʻulot oʻtkazadi

870
0

Tojikiston Qirgʻiziston bilan chegarada yirik harbiy mashgʻulot oʻtkazadi

 “Sputnik” sayti xabariga koʻra, Tojikiston Mudofaa vazirligi matbuot markazi rahbari polkovnik Faridun Maxmadalizoda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston bilan chegara yaqinida Soʻgʻd garnizonining yirik miqyosdagi oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtishini maʼlum qildi.

 “14-17 avgust kunlari Oʻzbekiston va Qirgʻiziston bilan chegara yaqinida Tojikiston Mudofaa vazirligi Soʻgʻd garnizonining yirik miqyosdagi oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtadi, mashgʻulotlarda shuningdek, butun Soʻgʻd viloyatidagi kuchtizimlari xodimlari va zaxiradagi harbiylar ham qatnashadi”,- dedi Faridun Maxmadalizoda.

 Uning aytishicha, mashgʻulotlar davomida hududiy mudofaani tashkil etish masalalari, milliy armiyaning zaxiradagi xizmatchilari malakasini oshirish hamda Soʻgʻd garnizoni va viloyat harbiy tuzilmalarining hududga bostirib kirgan terrorchilarga qarshi oʻzaro harakatlari ishlab chiqiladi.

 Maxmadalizodaning maʼlum qilishicha, oʻquv mashgʻulotlariga 10ta jangovar aviatsiya, 200ta bronetexnika, 70ta artilleriya va 450ta harbiy avtomobil jalb etiladi. Harbiy mashgʻulotlarga Tojikiston mudofaa vaziri general-leytenant Sherali Mirzo boshchilik qiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.