Hindiston hukumati oʻn minglab rohingya musulmonlarini deport qilmoqchi
Hindiston hukumati juma kuni Myanma va Bangladesh tomonlari bilan 40,000 kishidan iborta rohingya musulmonlari jamoatini deport qilish masalasida muzokaralarni boshladi.
Oʻtgan asrning 90-yillari boshida minglab rohingyalar aholisining asosiy qismi buddizm diniga eʼtiqod etuvchi Myanmadagi taʼqiblardan qochib, Bangladeshga, bundan tashqari Hindiston chegaralarini kesib oʻtib, mamlakatning gʻarbiy hududlariga kelib oʻrnashgan. Rasmiy Nьyu-Deli maʼlumotiga koʻra, 14,000 nafar qochoqlar rasman BMT Muhojirlar agentligi tomonidan qayd etilgan.
“Bu muammo faqat hukumat darajasidagi diplomatik muzokaralar orqali hal etilishi mumkin”, – deydi Hindiston Ichki ishlar vazirligi vakili Dhatvalia.
Oʻtgan yilning 9 oktyabrida “Harakah al-Yaqin” tashkilotining Myanma chegara postlariga hujumi bahonasi bilan rohingya musulmonlarini ommaviy qatl va quvgʻinga olish boshlangan edi. Shundan beri 75,000 nafarga yaqin rohingya Bangladeshga koʻchib kelgan. Ayni paytda 1,3 milliard aholiga ega Hindiston ichida ham ishsizlik, qashshoqlik va ijtimoiy sharoitlar past darajada boʻlib, buning ustiga etnik-diniy toʻqnashuvlar musulmon jamoalarining tinkasini quritib bormoqda.
Hozirda rohingyalarning katta qismi Uttar Pradesh, Jammu, Haryana va Delining shimolida istiqomat qilib kelyapti.
Turkiston:
Myanma butparastlari Arakan viloyatida istiqomat qiladigan musulmonlarni turli usullar bilan qatl qilish, uylariga oʻt qoʻyish, farzandlarini ayanchli qiynoqlarga solish, xotin-qizlarini nomuslarini toptash kabi jinoyatlarni tinimsiz davom ettirishmoqda. Shu paytgacha qirgʻinlarni amalga oshirish oddiy butparast aholiga qoʻyib berilgan boʻlsa, endilikda bu jinoyatlar hukumat boshchiligida armiya qoʻli bilan amalga oshirilyapti. Davlat butun boshli armiyani arakanliklar qishloqlariga safarbar qilgan.
Aytish mumkinki, shuncha qirgʻinlar va tajovuzlar yuz berishiga qaramay, dunyo hamjamiyati va BMT har zamonda uzoqdan bir qarab qoʻyishga odatlangan. Biroq shunda ham, faqat tashvish bildirib qoʻyishdan nariga oʻtmaydi. Xalqaro hamjamiyatlar bu borada koʻzlari koʻr, quloqlari kar boʻlib qolgan. Islom oʻlkalaridagi rahbarlar haqida gapirmasa ham boʻlaveradi. Butparastlar Musulmonlarni oʻroqlar va tayoqlar bilan quvlab oʻldirayotgan bir paytda, zamonaviy qurollarga ega boʻlgan Musulmonlar armiyasi ularga qarshi bitta oʻq otib qoʻyishga ham yaramayapti.
Bu holat qachongacha davom etadi?!