Pentagon: AQSh imperiyasi qulamoqda
AQSh uchun Pentagon tarafidan tayyorlangan hisobotda Sovet ittifoqi qulagandan buyon dunyoga yakka hukmronlik qilib kelayotgan AQShning quchi kamaygani va AQSh imperiyasining qulab borayotgani maʼlum qilindi. Pentagon tarafidan amalga oshirilgan yangi tadqiqotga koʻra, ikkinchi jahon urushidan soʻng AQShning qoʻli bilan tuzilgan xalqaro tartib zayiflashib qolgan, hatto qulab bormoqda. Uning ogohlantirishicha, Voshington global liderlik rolini qoʻldan boy berishi ham mumkin.
Mazkur hisobot AQSh mudofaa vazirligi va armiya tarkibidagi tashkilotlar bilan maslahatlashgan holda AQSh harbiy akademiyasi strotegik tadqiqotlar instituti tarafidan bir yillik tadqiqotdan soʻng taqdim qilindi. AQShning kuchi zayiflashgani va yangi davr boshlanishi haqida xulosaga kelgan hisobotda Voshington oʻzining global pozitsiyasini himoya qila olishi uchun nazoratni kuchaytirishi va tashviqotlar hamda harbiy oʻrnashuvga eʼtibor qaratishi tavsiya qilinadi.
Doktor Nofiz Ahmad 145 sahifadan iborat hisobotni oʻrganib chiqib, bir maqola tayyorladi. Nofiz Ahmadning maqolasidagi mavjud maʼlumotlarga koʻra, sobiq ustunligini yoʻqotgan AQSh hozirda tahdid qarshisida qolgan. Bu tahdid AQSh manfaatlari qarshisida tahdid sifatida koʻrilayotgan Xitoy yoki Rossiya kabi buyuk davlatlar tarafidan emas, balki Arab bahori usubidagi hodisalarning ortib borayotgan xavfidan kelib chiqmoqda.
Global hodisalar pentagon bartaraf qila oladigan vaqtdan ancha tez kelishi borasida ogohlantirgan hisobot bu borada AQSh kuchlarining maydonda oʻrnatgan tartiblari va harbiy ustunliklari foyda bermasligini bildirdi. Shuningdek, hisobotda siyosiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy sohalarning har birida AQShning tahdid ostida qolganligi tan olinadi.
“AQSh siyosiy, iqtisodiy va harbiy jihatdan ustunlikni davom ettirar ekan, raqib davatlar qashisidagi pozitsiyasini davom ettira olmaydi. Xullas ikkinchi jahon urushidan soʻng AQSh stroteglari tarafidan tuzilgan xalqaro tartib nafaqat qalqimoqda, balki qulab bormoqda”, deyiladi hisobotda.