GES qurishi kutilgan Chexiya kompaniyasi gumon ostida qoldi
Sanoat, energetika va tabiiy boyliklardan foydalanish Davlat qoʻmitasi raisi Duyshenbek Zilaliyev OAVda paydo boʻlgan xabarlarga izoh berdi. Maʼlumki, OAVda Qirgʻizistonda GES qurishni rejalashtirgan Chexiyaning Liglass Trading CZ kompaniyasi faoliyatiga gumonlar paydo boʻlgan edi.
Zilaliyevning aytishicha, qonunlarga binoan tanlov va tender talablari ilgari surilgan. “Bu kompaniya bizning talablarga koʻra kafolat sifatida 1 million 200 ming dollar miqdorida badal toʻladi”, -dedi qoʻmita raisi.
Davlat qoʻmitasi rahbarining aytishicha, ular barcha bitimlarni taqdim qilishga tayyorliklarini bildirishgan, yashiradigan hech narsa yoʻq.
“Kompaniya 30 bank ishi kuni maboynida bizning Rossiya oldidagi 37 million dollarlik qarzimizni uzmoqchi. Biz bir tiyin ham sarflamaymiz. Agar ular oʻz zimmalariga olgan majburiyatni bajarmaydigan boʻlsa, biz 30 bank ish kunidan soʻng Bitimni bir tomonlama buzamiz va ikkinchi tenderni eʼlon qilamiz. Hech qanday zarar boʻlmaydi”, -dedi va 30 bank ish kuni tahminan 50 kalendar kuni ekanini eslatib oʻtdi.
Bundan avval OAVda Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi maktubining nusxasi eʼlon qilingan edi. Unda vazirlik Milliy energiya xolding va Iqtisod vazirligiga murojaat qilib, Chexiyaning Liglass Trading CZ kompaniyasi bilan hamkorlikni davom ettirmaslik tavsiya qilinadi.
10 iyul kuni Qirgʻiziston hukumati va Chexiyaning Liglass Trading CZ kompaniyasi bilan Yuqori Norin kaskadida ikkita GES va 10 ta kichik GES qurish toʻgʻrisida Kelishuv imzolangan edi. Qirgʻiziston xukumati nomidan hujjatga QR sanoat, energetika va tabiiy boyliklardan foydalanish Davlat qoʻmitasi raisi Duyshenbek Zilaliyev, Chexiya tomonidan esa Liglass Trading CZ kompaniyasi direktori Mixayelь Smelik imzo chekkan.