Peterburgdagi yongʻinda halok boʻlgan oʻzbekistonliklarning oila aʼzolariga taʼziya
Sankt-Peterburg tarkibiga kiruvchi Kolpino shahridagi yoʻlak plitalarini ishlab chiqarish boʻyicha angarda roʻy bergan yongʻin tufayli halok boʻlgan yetti insonning ismi maʼlum qilindi.
Nation News’ning xabar berishicha, yongʻin oqibatida yetti kishi halok boʻlgan: Roʻzmat X., Sirotjon X., Ilyos A., Yunus S., Shahzod K., Zoir A., Oʻtkirbek A. Ularning barchasi “Everest” MChJda ishlagani va Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgani aytilmoqda.
Xabarga koʻra, 13 iyulga oʻtar kechasi Sankt-Peterburg tarkibiga kiruvchi Kolpino shahridagi metal angarda umumiy maydoni 600 kv. m.ga teng boʻlgan yongʻin sodir boʻldi.
Yongʻin qoldiqlarini ajratish paytida oʻt oʻchiruvchilar tomonidan Oʻzbekiston fuqarolari deb taxmin qilinayotgan 7 jasad topilgan.
Turkiston:
“Albatta, barchamiz Allohnikimiz va albatta, barchamiz Unga qaytguvchidirmiz” [Baqara 156]
Biz, Turkiston sayti xodimlari Allohning qazosiga iymon keltirgan holda, Rahimli Allohdan halol rizq topish umidida ota-ona, ahli ayol va farzandlarini tashlab mehnat muhojirligi sari yuz tutgan, ammo baxtsiz xodisa natijasida halok boʻlgan oʻzbekistonlik dindoshlarimizning gunohlarini magʻfirat qilib, qilgan solih amallarini oʻzlariga hamroh qilishini soʻraymiz.
Qirgʻizistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir aʼzolari nomidan ularning oila aʼzolari, qarindosh-urugʻlari va oilaga yaqin boʻlgan barcha doʻstlariga chuqur taʼziyamizni bildiramiz. Alloh sizlarga sabru jamil ato etsin. Alloh sizlarni chiroyli sabr kilishlik ortidan yaxshiliklar bilan mukofotlasin.
“Sabr-toqat qilingiz! Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir!” [Anfol, 46]