Afgʻoniston va Pokiston prezidentlari Dushanbeda uchrashadi
6 iyul kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida CASA-1000 loyihasi ishtirokchi davlatlari rahbarlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtadi.
Dushanbedagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif hamda Afgʻoniston prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani hamda Qirgʻiziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov keladi.
Pokiston rahbari tashrifi rasmiy maqomda boʻlib, u Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokaralar oʻtkazadi.
CASA-1000 loyihasi 2016 yilning 12 mayida Tojikistonning Tursunzoda shahrida ishtirokchi davlatlar hukumat rahbarlari tomonidan ishga tushirilgandi. Bu loyiha 2020 yilga qadar toʻliq amalga oshirilishi belgilangan.
Maʼlumki, CASA-1000 loyihasi Tojikiston va Qirgʻizistondan Pokiston hamda Afgʻonistonga elektr energiyasi yetkazib berishga moʻljallagan boʻlib, ushbu loyiha uchun 1,17 mlrd dollar sarflanishi koʻzda tutilgan.