“Qirgʻiziston” aviakompaniyasining aktsiyalari Xitoyga taklif qilindi

872
0

Xitoyga “Qirgʻiziston” aviakompaniyasi aktsiyalarining 49 foizini sotib olish taklif qilindi

  Qirgʻiziston Xitoy aviakapaniyalariga murojaat qilib, “Qirgʻiziston” aviakompaniyasi aktsiyalarining 49% sotib olishga va uning bazasida qoʻshma korxona tashkil etishga chaqirdi.

  Qirgʻiz tomoniing fikricha, “Manas” aeroporti Xaynan aviakompaniyasi samolyotlari uchun tranzit vazifasini bajarishi ham mumkin ekan. Bu xaqda QR TIV Qirgʻiziston bosh konsuli Maksat Tentimishovning Guanchjou shahrida HNA Aviation Investment Group kompaniyasining strategik marketing boʻyicha bosh direktori Chen Mintsyun bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvidan soʻng bayonot berdi.

  Bundan tashqari tomonlar Qirgʻiziston va Xitoy oʻrtasida yangi samolyot yoʻnalishlarni ochish masalasini ham muhokama qilishdi. Xaynanь aviakompaniyasi vakillarining xabar qilishlaricha, ular Bishkek – Urumchi yoʻnalishi boʻyicha reyslar ochilishiga qiziqish bildirishgan.

  TIV xabariga koʻra, uchrashuv yakunida Xitoy tomoni taklif diqqat bilan oʻrganilishiga vaʼda berdi.

  “Qirgʻiziston” aviakompaniyasi aktsiyalarining 100% davlatga tegishli boʻlib, xukumat bir necha bor mamlakat byudjetini toʻldirish maqsadida aviakompaniyani sotishga harakat qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.