Dushanbeda MDH ichki ishlar vazirlari uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda

780
0

Dushanbeda MDH ichki ishlar vazirlari uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda

“Sputnik” sayti xabar qilishicha, 28-iyun kuni Dushanbeda MDH mamlakatlari  IIV Kengashi majlisi boʻlib oʻtmoqda.

 IIVK majlisida ishtirok etish uchun Tojikiston poytaxtiga Ozarbayjon II vaziri general-polkovnik Ramil Usubov, Belarussiya II vaziri  militsiya general-leytenanti Igorь Shunevich, Qozogʻiston II vaziri — politsiya general-polkovnigi Kalmuxanbet Kasыmov, Qirgʻizistondan militsiya polkovnigi Ulan Isroilov, Rossiyadan politsiya generali Vladimir Kolokolьtsev va Oʻzbekistondan general-mayor Abdusalom Azizovlar kelishgan.

 Majlisida ichki ishlar vazirlari jinoyatchilikka qarshi kurash, tezkor qidiruv faoliyatida oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, xalqaro terrorchilik, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi va huquqni saqlash borasidagi boshqa qoʻshma tadbirlar haqida oldin erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilishi masalalari muhokama qilinadi.

 Kelajak izlanishlari markazi rahbari Sergey Masaulov aytishiga qaraganda, ekstremizmga qarshi kurash uchun MDH hududida ancha jiddiy choralar koʻrilmoqda, MDHning aksariyat mamlakatlarida siyosiy ekstremizm xavfini toʻxtatishga kuchi yetadigan siyosiy tizimlar shakllangan.

 “MDH hududida yoshlarni siyosiy maqsadda ishlatilishi mumkin boʻlgan, ayrim xavfli hududlar mavjud. Bu borada oʻz mamlakatidan emas Rossiya yoki boshqa joydan ish izlashga majbur boʻlayotgan Markaziy Osiyo yoshlarining ahvoli juda qaltis. Yoshlar siyosiy ekstremizmdan terrorizm tomonga oʻtib ketmoqda. Eng xavfli vaziyat – mana shu yerda. Shu yerda darhol  ish boshlash kerak”,- dedi ekspert.

 MDHda davlatlar va tashkilotlar tomonidan ekstremizm va terrorizmning oldini olishga qaratilgan jiddiy qadamlar qoʻyilmoqda. Fuqarolik jamoasini birlashtirishga qaratilgan jiddiy ishlar qilinmoqda. Diniy tuzilmalar bilan ishlovchi  maxsus tashkilotlar yaratilgan. Ushbu ishning samarasi hali koʻrinmayotgan boʻlsada, lekin ish olib borilmoqda.

 Rossiya Federal Jazo Oʻtash Xizmati (FSIN) boshligʻi oʻrinbosari Valeriy Maksimenko MDHda ekstremizm va terrorizm uchun sudlangan va qamoqqa olingan shaxslarning yagona maʼlumotlar bazasi tashkil qilinishini va bu ularni jinoiy jazoga tortish masalalarini yanada samaraliroq hal qilishini taʼkidladi. Terrorchi va ekstremistlar maʼlumotlar bazasi FSIN va MDH Aksilterror Markazi bilan hamkorlikda 2017 yilda ishlab chiqariladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.