Saudiya bilan Qatar oʻrtasidagi krizisning asl mohiyati!

807
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Saudiya bilan Qatar oʻrtasidagi krizisning asl mohiyati!

Savol:
Tramp 2017 yil 9 iyun kuni Oq uyda ruminiyalik hamkasbi bilan bergan matbuot konferentsiyasida bunday dedi: “Hamma terrorizmni qoʻllab-quvvatlashni – bu qoʻllov moliyaviy boʻladimi yoki harbiy va maʼnaviy qoʻllov boʻladimi hech bir farqsiz – toʻxtatishga ittifoq qildi. Qatar davlati terrorizmni juda yuqori darajada moliyalashtirish boʻyicha, afsuski, uzoq tarixga ega. Sammitdan soʻng davlatlar birlashishdi. Biz Qatarga qarshi kurashish masalasida suhbatlashdik. Terrorchilarni moliyalashtirishga chek qoʻyish bizning burchimiz. Men Amerika tashqi ishlar vaziri bilan, shuningdek, Amerika armiyasi generallari bilan Qatarni terrorizmni moliyalashtirishni bas qilishga chaqirishga qaror qildim”. (Yavmus Sabiʼ, 2017 yil 9 iyun).

Bu narsa Saudiya bilan Qatar oʻrtasidagi krizisni qoʻzgʻovchisi Tramp ekanini anglatadimi? Agar shunday boʻlsa, Tramp Amerikaning eng katta harbiy bazasi Qatarda joylashganini bila turib nega bunday qilyapti? Keyin, axborot vositalari Saudiya bilan Qatar oʻrtasidagi siyosiy ixtilofga Qatarning Eron, Ixvon va Hamasga nisbatan pozitsiyasini sabab qilib koʻrsatishgan edi. Tramp bayonoti bilan ularning bunday xabar tarqatishini qanday tushunamiz? Umuman, bu krizis qayerga qarab ketmoqda? Oxir borib, Qatarni Fors Koʻrfazi guruhidan chiqarib yuborishga olib borishi mumkinmi? Rahmat sizga!

Javob:

Birinchidan: Ha, yuz bergan bu krizisni keltirib chiqargan Amerikadir. Boshqacha aytganda, Amerika prezidenti Tramp bu krizisni qoʻzgʻamoqda. Lekin men buning tafsilotiga kirishishdan oldin, savolning oxirida kelgan masaladan soʻz boshlamoqchiman. Darhaqiqat, baʼzilar Koʻrfaz-Qatar krizisiga – axborot vositalarida qayta-qayta xabar qilinib, targʻib etilayotganidek – Qatarning Ixvonul Musliminni qoʻllab-quvvatlashi yoki uning Eron bilan strategik ittifoqi sabab, deb hisoblamoqda. Yana baʼzilarga koʻra, krizisning asl sababi, Hamd oilasi bilan Zoyid oilasi oʻrtasidagi qadimdan mavjud ixtiloflarga borib taqaladi, Amirliklar davlati tashkil topgan yetmishinchi yillarda boshlangan bu ixtilof sababli Saudiya Qatarga hujum qilish uchun oʻz ittifoqchisi Amirliklar bilan birga harakat qilishga oʻtgan… Shuningdek, ayrim siyosiy sharhlovchilar Qatar bilan aloqani uzish krizisi “Isroil” bilan bogʻliq ekanini aytishmoqda. Masalan, Jeyk Novak “CNBC”da bunday dedi: “Zohirdan qaraganda – Saudiya bilan Qatar oʻrtasidagi kurash Eron sabablidir. Chunki saudiyaliklar Eronning Oʻrta Sharqdagi nufuziga chek qoʻyishda vosvos boʻlib qolishgan, degan gap toʻgʻridek koʻrinadi. Biroq masalaga sal chuqurroq qaraydigan boʻlsak, maʼlum vaqt qatarliklarning nishonga olinishi sababi boshqa davlat bilan, “Isroil” bilan bogʻliq ekani ayon boʻladi”. (Arabiy 21, 2017 yil 7 iyun).

Biroq fikrlab, sodir boʻlgan voqea-hodisalarga diqqat bilan nazar tashlansa, bu ishlarning voqeaga aloqasi yoʻq ekani maʼlum boʻladi. Chunki ular yaqinda boshlangani yoʻq, balki Qatar anchadan buyon bu ishlarni qilib keladi, bu narsa bugun yangilik boʻlgani yoʻq. Qatarning Eron bilan yaqin munosabatlari hammaga maʼlum, Hamas bilan aloqasi ham mashhur. Qatar bilan Falastin bosqinchisi yahudiylar davlati oʻrtasidagi, keyin, bu davlatlar bilan Saudiya va Amirliklar oʻrtasidagi manosabatlar ham, hatto qabilaviy munosabatlar ham yuz bergan hodisaga mutlaqo taʼsir qilmaydi… Chunki bu ishlarning barchasi krizisdan oldin ham bor edi, krizisdan keyin ham hanuz davom etmoqda. Demak, bular asl sabab emas.

Ikkinchidan: Haqiqiy sababga kelsak, boshlanishda aytganimdek, u Amerika, yaʼni Trampdir. Buni yaxshiroq anglash uchun quyidagilarni bayon qilamiz:
1 – Qatar ushbu asrning boshidan beri inglizlarning mintaqadagi siyosatlari tayyorlanadigan asosiy korxonaga aylangan. Shu bois Al-Jazira fazoviy kanali Amerika siyosatini buzish va mintaqadagi malaylarini tanqid qilishda qoʻllanuvchi bosh axborot minbari boʻlib keldi. Bunga boshqa omil ham qoʻshildi: siyosiy mablagʻ. Bu mablagʻ turli siyosiy kuchlarni jalb qiladigan magnit vazifasini oʻtadi. Qatar shu ikki quroli bilan, xususan, Falastin, Misr, Liviya, Tunis va boshqa yurtlardagi “moʻʼtadil”, deya koʻrilayotgan islomiy harakatlar darajasida katta yutuqlarni qoʻlga kiritdi. Qatar poytaxti Davha ayni harakatlar yetakchilari uchun boshpanaga aylandi, rejalar tuzish va Amerika bilan uning malaylari siyosatlarini buzish markazi boʻlib qoldi… Asli oʻzlarini Amerika bilan birga qilib koʻrsatish, soʻng uni oyogʻidan chalish inglizlar odatidir. Qatar esa, bu inglizcha oʻyinni qoyillatib oʻynab, 1991 yildan beri Amerikaning markaziy qoʻmondonligiga qarashli qarorgoh hisoblangan “Adid” bazasiga mezbonlik qilib kelmoqda. Bu baza strategik havo bazasi boʻlgani bois, Ammerika samolyotlari oʻsha yerdan parvoz qilib, Iroq, Afgʻoniston, Suriya va Yaman kabi yurtlardagi musulmonlarni qirgʻin qilmoqda, vayron etmoqda. Mana shunday bir paytda, bir tomondan Britaniya Qatarda oʻzining siyosiy korxonasini ishga tushirdi. Bu holat joriy asrning boshida toʻla koʻzga koʻrina boshladi. Soʻng, Britaniya xizmatkori boʻlgan Qatarning roli rejalashtirilgandek silliqqina davom etdi. Amerika bundan bezovta boʻla boshladi. Uning bezovtaligi shu darajaga yetdiki, hatto Jorj Bush – “DW” xabariga koʻra – Al-Jazira kanalini bombardimon qilish toʻgʻrisida oʻylay boshladi. “DW” 2005 yil 22 noyabrda bu haqda bunday xabar tarqatdi: “Britaniyada chiqadigan “Deyli Mirror” gazetasi Britan hukumati departamentining “gʻoyat maxfiy” notasiga tayangan holda, Amerika prezidenti Jorj Bushning 2004 yilda Qatardagi Al-Jazira telekanalini bombardimon qilish haqida fikr yuritganini yozadi”. (“DW” 2005 yil 22 noyabr). Fors Koʻrfazidagi pozitsiya Saudiyada hokimiyatga Salmon kelgunga qadar shunday davom etdi. Nihoyat, Saudiya Amerika bilan birga boʻlgach, Obama maʼmuriyati oʻz malayi Salmonga mintaqada muhim bir rolni topshirishga qaror qildi. Bu bir jihatdan, Qatar roliga muqobil va undan baland keluvchi rol boʻlsa, boshqa jihatdan, Amerikaning yangi rejasiga hamohang rol edi. Ana shundan soʻng Amerika malaylarining roli kuchayib, Saudiya bilan Qatar oʻrtasidagi ziddiyat Qatarning butun rollariga tahdid soladigan darajaga yetdi. Shu yil boshida Amerika tepasiga yangi rahbar Donalьd Tramp kelgach esa, Amerika siyosati koʻplab xalqaro masalalarda, shu jumladan, Qatar masalasida yanada keskinlashdi, avvalgidan koʻra surbetlarcha tus oldi.

2 – Tramp 2017 yil 20-21 mayda Riyozga safar qilib, yoniga Salmonni va atrofiga ellik nafar davlat rahbarlarini toʻplab, Qatarning terrorizmni qoʻllab-quvvatlayotganiga ishora qildi. Ana shunda Qatar Britaniyadan ozuqalangan holda shuni tushunib yetdiki, Amerika mintaqada Saudiya rolini yuqori darajaga olib chiqish hamda Qatar rolini, keyin inglizlar rolini esa zaiflashtirishda jiddiy qadamlar tashlay boshladi. Keyin Qatar amirining Riyozdan qaytishidan soʻng ikki kun oʻtib, bunga raddiya sifatida, mashhur Qatar bayonoti yangradi. Qatar axborot agentliklarida 2017 yil 23 may kuni amir Tamim Oli Soniyning mana bu bayonoti tarqaldi: “Qatarning bunday adolatsiz hujumga duch kelishi Amerika prezidentining mintaqaga safar qilib, Qatarni terrorizmga bogʻlashi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi… Biz terrorizmni qoʻllab-quvvatlashda ayblanayotganimizni qattiq qoralaymiz… Hech kimning Ixvonul Musliminni terroristik jamoalarga qoʻshib turib, bizni terrorchilikda ayblashga haqqi yoʻq… Misr, Amirliklar va Bahrayndan Qatarga qarshi boʻlgan oʻzlarining pozitsiyalarini qayta koʻrib chiqishni talab qilamiz. Amerikaning bugungi maʼmuriyati xatti-harakatlariga qaramay, Amerika bilan munosabatlarimiz kuchli va mustahkamdir. Aminmizki, Amerika prezidentining xatolari va noqununiy ishlari masalasida adliya tekshiruvlari ketayotgan ekan, mavjud vaziyat aslo bunday davom etmaydi. Garchi “Adid” bazasi Qatar uchun qoʻshni davlatlar gʻarazlaridan himoya qoʻrgʻoni hisoblansa-da, biroq u Amerikaning mintaqadagi harbiy nufuzga ega boʻlishdagi yagona imkoniyatidir. Qatar terrorizm va ekstremizmdan mutlaqo uzoq. U Falastin xalqi vakili boʻlgan Hamas bilan “Isroil” oʻrtasida – tomonlar bilan uzluksiz aloqa tufayli – adolatli tinchlikni roʻyobga chiqarishni istaydi. Qatar Amerika bilan ham, Eron bilan ham mustahkam munosabat oʻrnatishga muvaffaq boʻldi. Bir vaqtning oʻzida Eronning regional va islomiy vaznini – albatta buni inkor etib boʻlmaydi – eʼtiborga olgan holda, u bilan keskin munosabatda boʻlish donolik emas…”. Bu bayonotdan koʻrinib turibdiki, Qatar Trampni Qatarga qilinayotgan hujumlar hamda Qatarni terrorizm rahnamosi va uni qoʻllab-quvvatlovchisi deya qilingan taʼnalar ortida turganlikda aybladi. Bu bayonot Trampning islomiy olamdagi mavjud rejim vakillari bilan oʻtkazgan sammiti ortidan yangradi. Tramp ayni sammitda oʻzini ushbu rejimlarni Amerika maqsadlari sari yetaklashga va ularni Amerikaning mutelariga aylantirishga muvaffaq boʻlgan qilib koʻrsatdi. U ayni sammitda oʻtirgan baʼzi davlatlar terrorizmni homiylari, deya Qatarga ishora qildi. Shu boisdan Qatar bayonoti Trampga qarshi raddiya sifatida yangradi, uni igʻvo qiluvchi va unga qarshi ketayotgan tergovlar sababli taxtdan qulashiga umid qiluvchi bayonot boʻldi.

3 – Saudiyaning Koʻrfazdagi hamda islomiy va arab olamidagi ruvaybizalardan iborat 55 nafar podshohu prezidentlarni toʻplashi mintaqada Saudiya yetakchiligini koʻrsatish uchun Amerika tuzgan rejaga muvofiq yurishga uning tayyor ekanini koʻrsatdi. Bu Amerikaning ishoralari bilan boʻldi. Zero, Amerika neft davlatlari xazinalarini oʻz tasarrufi ostiga olmoqchi. Bunda, bir tomondan, Eronni olaboʻji qilib koʻrsatsa, ikkinchi tomondan, Britaniyaning Koʻrfaz davlatlari oʻrtasidagi nufuziga zarba berib, Saudiyani yetakchi davlatga aylantiradi, qolgan Koʻrfaz davlatlarini esa, uning ortidan, yaʼni Amerika siyosati asosida yurishga undaydi. Shuning uchun Saudiya mintaqadagi oʻz yetakchiligiga muxolif chiqqanlarga toqat qilolmadi. U koʻzlarini Qatarga tikib, uni qattiq jazolaydigan biror hodisa boʻlishini kutib turgan edi. Shu bois, oʻziga hamda Amerikaga qarshi 2017 yil 23 mayda Qatar axborot agentliklari tarqatgan Qatar bayonotiga nisbatan keskin reaktsiya bildirdi. Qatarning uzr soʻrashiga ham, axborot saytlarimiz xakerlar hujumiga uchradi, deya tushuntirishlariga ham qaramadi, Qatarning bunday “ertak”lariga ishonmadi, uni oʻzining siyosatiga va Amerikaning Salmonga chizib bergan roliga qarshi chiqdi, deb hisobladi. Ana shundan keyin ushbu krizis boshlandi, Saudiya hamma makrini toʻplab, Qatar bilan aloqalarni uzishni eʼlon qildi. Yaʼni Qatarni Saudiyaning Fors Koʻrfazi davlatlariga boʻlgan yetakchiligi doirasidan chiqdi, deya sifatlab unga qarshi qattiqqoʻllik qildi. Saudiyaning Qatarga qarshi qadamlari Tramp maʼmuriyatining jiddiy pozitsiyasiga hamohang ravishda gʻoyat keskin boʻldi va bu hodisa Qatardan elchilarni olib chiqib ketishga oid 2014 yil 5 martdagi hodisadan ham oshib tushdi, goʻyo Qatar qamal qilingandek boʻlib qoldi. Taʼsirini kuchaytirish hamda amerikacha uslub, degan maʼnoda, Saudiyaning bu xatti-harakatlari zarba xarakterini olib, oʻz yeridan qatarlik diplomatlarni chiqib ketishlari uchun 48 soat muhlat berdi. Misr ham zarba berishda amerikacha uslubni tanlab, Saudiya bilan parallel harakat qildi, Qatar fuqaroviy samolyotlarini oldindan ogohlantirmasdan orqasiga qaytarib yubordi, Misrga kiritmadi. Qolgan davlatlar ham Saudiya bilan hamfikr sifatida Qatarga qarshi shunday yoʻl tutishdi.

Qatarning oʻzini boykot qilish bilan bogʻliq bunday qarorlarni kutmagani va bunchalik zarba yeyishni oʻylamagani koʻrinib turibdi. Uning tashqi ishlar vaziri Muhammad ibn Abdurrahmon Oli Soniy 2017 yil 6 iyunda Bi-Bi-Siga bergan intervьyusida “Oʻz yurtiga qarshi koʻrilgan choralar kutilmaganda yuz berganini taʼkidlab, boʻlib oʻtgan bu ishlar mintaqadagi uch davlat tomonidan berilgan jamoiy sanktsiya hamda Qatar va uning xalqini qamal qilishga boʻlgan urinish” ekanini bildirdi. Qatar Amerika va uning Saudiyadek malaylariga qarshi chiqishga oʻzida jurʼat topolmaydi. Buning uchun albatta yirik davlat uni qoʻllab, orqasida turishi, shunga gijgijlashi kerak. Tabiiyki, bunday davlat Britaniya boʻlib, u Qatarni ham, uning siyosatini ham nafaqat oshkora, hatto ochiqdan-ochiq boshqarib turibdi! Britaniyaning maqsadi, Amerikaning ishlarini buzish va mintaqadagi, xususan, Fors Koʻrfazi mintaqasidagi hukmronligini mustahkamlash rejasini barbod qilishdir. Shuning uchun Qatardagi malaylariga shunday qilishni buyurgan edi. Reaktsiya bu darajada qattiq boʻlishini kutmagandi. Balki xuddi 2014 yilda elchilarni Qatardan chaqirib olish mavzusi kabi, boshlanib yana ortiqcha gʻalvasiz tugaydi, deb oʻylagandi. Xususan, bugun Qatar oʻzidagi Amerikaning ulkan bazasi bilan istehkom boʻlib turgan ekan, shunday deb oʻylagan edi. Shuning uchun 2017 yil 23 may kuni Qatar axborot agentligi saytida amir Tamim Oli Soniyning quyidagi bayonoti nashr qilindi (keyinchalik uni oʻchirib yuborib, saytiga xakerlar kirganini iddio qildi): “Garchi “Adid” bazasi Qatar uchun qoʻshni davlatlar gʻarazlaridan qoʻrgʻon hisoblansa-da, biroq u Amerikaning mintaqadagi harbiy nufuzga ega boʻlishdagi yagona imkoniyatidir”. Yaʼni Qatar shu yoʻlga ishondi, men Al-Jazira kanali orqali Amerika va uning mintaqadagi malaylarining gʻashiga tegib, ishlarini buzsam, u menga bosim qilishni toʻxtatadi, deb oʻyladi! Shuning uchun tushirilgan keskin zarbadan gangib qoldi.

4 – Shunday qilib, demak, krizisning asl sababi Trampning Salmonga chizib bergan rolidir. Bu rol Salmonning mintaqa sultoniga aylanib, Amerika siyosatini ijro qilishdan hamda inglizlarning birorta ham malayiga Amerika ishlarini buzishiga yoki gʻashiga tegishiga yoʻl qoʻymaslikdan iboratdir. Chunki Amerikaning mintaqadagi rejalarini buzib, inglizlar rejalarini ijro etishdek Britaniya topshirgan rolni ijro etayotgan davlat mana shu Qatardir. Shu bois Qatarga qarshi vaziyatning keskin tus olishi ilgari uchratilmagan darajada kuchli boʻldi. Chunki ayni krizisda Salmonni ortida turib, uni himoya qilayotgan Amerikadir va ular buni yashirishmadi, balki boʻlib oʻtgan va davom etayotgan voqea-hodisalar ortida oʻzlarini birma-bir fosh etishdi… Quyidagilar shu voqea-hodisalar jumlasidan:

– 2017 yil 6 iyunda “Arabiyya net” sayti Amerika maʼmuriyatidagi katta masʼullardan birining “Reyter” axborot agentligiga “Qatarning aksar xatti-harakatlari qoʻshni Koʻrfaz davlatlari va Qoʻshma Shtatlar uchun xavotirlidir”, degan soʻzlarini chop etdi. Bu masʼul dushanba kuni ayni agentlikka bergan bayonotida Qoʻshma Shtatlarning Koʻrfaz davlatlari orasida “doimiy janjal”ni koʻrishni istamasligini aytdi. Bu janjal Qatarga islomchilar bilan Eronni qoʻllab-quvvatlash ayblovi qoʻyilishi ortidan u bilan baʼzi Koʻrfaz va arab davlatlari munosabatlarni uzganidan soʻng kelib chiqdi. Shunday boʻlsa-da, bu masʼul “Qatarning xatti-harakatlari nafaqat qoʻshni Koʻrfaz davlatlari, balki Qoʻshma Shtatlar uchun ham shubhasiz xavotirli” ekanini bildirdi. Soʻng “Biz ularni toʻgʻri yoʻnalishga solib qoʻyishni istaymiz”, deya qoʻshimcha qildi”.

– Bi-Bi-Si 2017 yil 6 iyunda bunday xabar tarqatdi: “Amerika prezidenti Donalьd Tramp oʻzining yaqindagi Fors Koʻrfaziga qilgan safari Qatar bilan munosabatlarni uzish qaroriga taʼsir qilganiga ishora qilib oʻtdi. Trampga koʻra, u ayni ziyorati chogʻida Davhaning ekstremistik ideologiyaga ega harakatlarni moliyalashtirayotganiga oid maʼlumotlarni olgan. U oʻzining Tvitterdagi shaxsiy sahifasida “Oʻrta Sharqqa qilgan yaqindagi safarim chogʻida ekstremistik ideologiyalarning moliyalashtirilishi davom etmasligi kerakligini, aytdim. Shunda barcha rahbarlar Qatarga ishora qildi”. Yana bunday yozadi: “Yaxshi, men yaqinda Saudiyaga qilgan safarim chogʻida, qirol va 50 nafar masʼullar bilan uchrashganim oʻz samarasini beryapti, deb bilaman. Ular ekstremizmning moliyalashtirilishiga nisbatan keskin pozitsiyani egallashlarini aytishdi. Hamma ishoralar Qatarga qaratilgandi. Menimcha, bu terrorizm dahshati tugashining boshlanishi boʻlsa kerak”.

– Keyin, Trampning 2017 yil 9 iyundagi quyidagi bayonotlari Saudiya qilgan harakatlarning kuchayishi ortida Amerika turganini fosh etmoqda va tasdiqlamoqda:
“Amerika prezidenti Donalьd Tramp juma kuni Qatar terrorizmni moliyalashtirishni darhol toʻxtatmogʻi lozim, dedi. Saudiya poytaxti Riyozda oʻtkazgan sammiti terrorizm tugashining boshlanishi boʻlib qolishiga umid qilishini bildirdi. Tramp ruminiyalik hamkasbi bilan Oq uyda bergan matbuot konferentsiyasida Qatar tarixdan terrorizmni moliyalashtiruvchi davlat boʻlib kelgan, deya qoʻshimcha qildi”. (Arabiy Skay-Nьyus, 2017 yil 9 iyun).

“Hamma terrorizmni qoʻllab-quvvatlashni – bu qoʻllov moliyaviy boʻladimi yoki harbiy va maʼnaviy qoʻllov boʻladimi hech bir farqsiz – toʻxtatishga ittifoq qildi. Qatar davlati terrorizmni juda yuqori darajada moliyalashtirish boʻyicha, afsuski, uzoq tarixga ega. Sammitdan soʻng davlatlar birlashishdi. Biz Qatarga qarshi kurash xususida suhbatlashdik. Terroristlarni moliyalashtirishga chek qoʻyish bizning burchimizdir. Men Amerika tashqi ishlar vaziri bilan, shuningdek, Amerika armiyasi generallari bilan Qatarni terrorizmni moliyalashtirishni bas qilishga chaqirishga qaror qildim”. (Yavmus Sabiʼ, 2017 yil 9 iyun).

5 – Endi, “Qatar krizisi”ning zoʻrayishi qay tomonga qarab ketayotganiga kelsak, Qatar Saudiya va Misr doxil Amerika malaylaridan kutilmagan zarbalarni yedi. Ularga Amirliklar bilan Bahrayn kabi baʼzi inglizlar malaylari ham ergashdi. Tabiiyki, bu ikki davlatga inglizcha uslubda rol boʻlib berilgan edi. Bu bizning 2017 yil 9 apreldagi savol-javobda aytganimizdek tarzdadir: “Bundan ayon boʻladiki, Britaniya oʻz malaylari rolini bir-biriga qarama-qarshi boʻlib koʻrinadigan shaklda boʻlib beradi. Biroq bu rollar bir-biriga qarama-qarshi boʻlib koʻrinsa-da, kutilgan natijasi inglizlar maqsadini roʻyobga chiqaradi. Britaniya oʻz malaylarining barchasini bir tomonga qoʻymaydi. Ayniqsa biror yurtda necha kartalari boʻlsa shu yurtda malaylarining barchasini bir tomonga qoʻymaydi…”. Yuqorida aytganimizdek, Qatar vaziyat bu qadar zoʻrayib, shiddatli tus oladi, deb oʻylamagandi. Saudiyaning xatti-harakatlari ham zarba xarakterini olib, oʻz yeridan qatarlik diplomatlarni chiqib ketishlari uchun 48 soat muhlat berdi. Misr ham zarba berishda amerikacha uslubni tanlab, Saudiya bilan parallel harakat qildi, Qatar fuqaroviy samolyotlarini oldindan ogohlantirmasdan orqasiga qaytarib yubordi, Misrga kiritmadi. Qolgan davlatlar ham Saudiya bilan hamfikr sifatida Qatarga qarshi shunday yoʻl tutishdi.

6 – Ammo bu Qatarni Koʻrfaz guruhidan chiqarishga olib borishi mumkinmi, degan masalaga kelsak, agar ish “Soʻnggi davo, kuydirishdan oʻzga chora yoʻq” bobigacha yetib borsa, Qatar ayni guruhdan chiqariladi. Biroq kuchliroq ehtimol shuki, davolash imkoniyati hali ham mavjud. Chunki Amerika va Britaniya doxil xalqaro kuchlar, ikkalasi ham Qatarning Koʻrfaz guruhida qolishidan manfaatdor, faqat ikkalasi koʻzlagan maqsad boshqa-boshqa, xolos. Amerika esa, yuqorida aytganimizdek, Qatarning Saudiya soyasida qolishini istaydi. Yaʼni turli mulohazalar bilan buzish va gʻashiga tegish ishlariga qoʻl urmagan holda, Amerika manfaatlariga xizmat qilishini, u yerdagi harbiy bazasi hech qanday tazyiqsiz barqaror qolishini istaydi. U Qatar ortida Britaniya turganini tushunib turibdi. Agar Qatar guruhdan chiqadigan boʻlsa, Britaniya oʻzining turli iflos uslublarini ishga solib, baza masalasida muammolar tugʻirishi mumkin… Shu bilan birga, Amerika Qatarning uning rejalarini bajarishini, Saudiya ortidan ergashishini, bir vaqtning oʻzida, Koʻrfaz guruhida qolishini ham istaydi. Britaniya esa, u ham oʻz navbatida, Qatarni Koʻrfaz guruhida qolishini xohlaydi. Chunki Qatar ayni guruh ichida boʻlsa, Britaniya rejalarini parda ortida turib, inglizlar uslubi boʻyicha bajarish qoʻlidan keladi. Inglizlar uslubi boʻlsa, kishining old tomonidan unga doʻstlik izhor qilish, ortidan esa pichoq urishdan iborat. Shu bois, hozirgina aytib oʻtganimizdek, Qatar bilan guruhga aʼzo davlatlar oʻrtasida aloqa uzilmasligining ehtimoli koʻproq. Biroq qachon ish “Soʻnggi davo, kuydirishdan oʻzga chora yoʻq” bobigacha yetib borsa, aloqa uzilishi mumkin. Eng kamida, yaqin kelajakda, krizisning soʻnggi davoni qoʻllashligi ehtimoldan uzoqdir va buning quyidagi sabablari bor:

a) Trampning yuqorida aytilgan 2017 yil 9 iyundagi bayonoti Qatarga oʻrtacha yechimga rozi boʻlishdan oʻzga chora qoldirmadi. Chunki unda Tramp bunday degan: “Qatar davlati terrorizmni juda yuqori darajada moliyalashtirish boʻyicha, afsuski, uzoq tarixga ega. Sammitdan soʻng davlatlar birlashishdi. Biz Qatarga qarshi kurashish masalasida suhbatlashdik. Terroristlarni moliyalashtirishga chek qoʻyish bizning burchimizdir. Men Amerika tashqi ishlar vaziri bilan, shuningdek, Amerika armiyasi generallari bilan Qatarni terrorizmni moliyalashtirishni bas qilishga chaqirishga qaror qildim”. Maʼlumki, Qatar oʻz siyosatini oʻzi belgilamaydi, qanday siyosat olib borish kerakligini unga Britaniya belgilab beradi. Britaniya oʻzining hozirgi siyosati boʻyicha, Amerikaga qarshi ochiq-dangal ish olib borolmaydi, chunki shundoq ham u Yevropa Ittifoqidan chiqish bosqichida turibdi, shu jihatdan, zohirda boʻlsa ham Amerikaga yaqinlashishga urinadi.

b) Trampning aqliyati savdogar aqliyatidir. Shu bois masalaning moliyaviy jihati unga taʼsir qilmay qolmaydi. Agar Qatar uning hojatiga yarasha mablagʻni toʻkkudek boʻlsa, Tramp Salmonga oʻrtacha yechimga rozi boʻlishni buyuradi! Xalqaro siyosatlar universiteti (World Policy Institute)dagi amerikalik tadqiqotchi Jonatan Kristol “Oq uyda Donalьd Tramp bor ekan, Saudiya, Amirliklar va Bahraynning Qatar bilan munosabatlarni buzishi krizisiga barham beruvchi asosiy omil mablagʻdir”, dedi. “CNN” xabarida aytilishicha, Kristol – Qatar Saudiyaning diplomatik va iqtisodiy bosimlarini yengib oʻtishi uchun, albatta, masalaga Amerikaning saudiyalik ittifoqchilari bilan mablagʻ vostasida aralashishi shart, ekanini taʼkidladi”. (Arabiy 21, 2017 yil 6 iyun).

Yaʼni, koʻproq taxmin shuki, yechim Qatarning yo mablagʻ bilan yoki itoat qilishi bilan amalga oshadi! Taxmin deyayotganimiz boisi shundaki, Qatar Britaniyasiz oʻz siyosatini oʻzi boshqarmaydi. Qachon Britaniya oʻzining manfaati Qatarning guruhdan chiqishini talab qiladi, deb hisoblasa, Qatar undan albatta chiqadi, aksincha boʻlsa, unda qoladi!!

7 – Xullas kalom, Amerikaning saudiyalik va misrlik malaylaridan yoki aloqani uzish masalasida shular yoʻlidan ketayotgan boshqa malaylaridan yaxshilik kutib boʻlmaydi. Chunki ular yurtlarimizni ham, musulmonlarni ham Islom va uning dushmanlari qoʻliga topshirishmoqda, buning muqobilida, bugun, bugun boʻlmasa ertaga albatta sinib tushadigan oʻz mansab kursilarini himoya qilishmoqda. Shuningdek, Qatardan ham yaxshilik kutib boʻlmaydi. Chunki u Britaniya ortidan halloslab, oʻzining “sher niqobida kurashuvchi quyon” sifatini saqlab qolishga urinmoqda. Mustamlakachi davlatdan musulmonlarga zarar yetkazuvchi zararkunanda loyihalarni oʻz zimmasiga olmoqda. Samolyotlari bilan parvoz qilib, Suriya, Iroqdagi musulmonlarni qatli om qilishi va uy-joylarini vayron etishi uchun oʻzining eng katta bazasini Amerikaga berib kelmoqda… Yahudiylar bilan sulh tuzish masalasini zoʻrlab tiqishtirib, yon berish masalasida Fathga yaqinlashishi uchun Hamasni tiz choʻktirdi, iflos mablagʻi bilan Suriyadagi baʼzi tashkilotlarga taʼsir oʻtkazib, ularni qonxoʻr rejim bilan muzokara stoliga oʻtqazdi. Islomiy yoʻnalishga ega kishilarni aldab, moli bilan hamda iqoma berish bilan yoʻldan ozdirib, oxir oqibat, oʻz islomiy yoʻnalish va fikrlaridan voz kechuvchi, yon beruvchi kimsalar qilib tarbiya qilmoqda. Bularning brachasini Britaniya chizib bergan rol bilan oʻynamoqda. Shuning uchun biror kishi “yomon va ozroq yomon”, degan narsani hujjat qilib, u yoki bu rejimni yoqtirishi, xoinlikka yaqinroq boʻlgan goʻllikdir. Chunki Ummat masalalari yomon va ozroq yomon, degan oʻlchovda oʻlchanmaydi, balki haq va botil oʻlchovida oʻlchanadi. Bas, Ummat farzandlari Alloh Subhanahu, Rosuli  va moʻminlarga xoin boʻlgan bunday rejimlarga qarshi chiqishlari hamda ularni taxtlaridan agʻdarish va bizga Rosulimiz  bashorat qilgan davlatimizni barpo etish uchun xolis faoliyat qilayotganlarga qoʻshilmoqlari zarur. Ushbu roshid Xalifalik davlati ularning ishlarini oʻtirganlarida ham, turganlarida ham, yurganlarida ham xotirjam tinch-omon hollarida gʻamxoʻrlik bilan boshqaradi, ushbu davlat bilan Islom va musulmonlar kuch-qudratli boʻladi, kufr va mustamlakachi kofirlar xor boʻladi. Ana shunda Tramp ham, uning dumlariyu malaylari ham, barchasi jonlariyu yurtlari bilan halokatga duchor boʻlajaklar.

“Alloh Oʻz ishida gʻolibdir lekin odamlarning koʻplari (buni) bilmaydilar” [Yusuf 21]

16 ramazon 1438h
11 iyun 2017m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.