Atambayev Rossiyaga davlat tashrifi bilan boradi

532
0

Atambayev Rossiyaga davlat tashrifi bilan boradi

 Prezident apparati tashqi siyosat boʻyicha boʻlimi rahbari Ayzada Subakojoyevaning maʼlum qilishicha, Almazbek Atambayev Rossiyaga davlat tashrifini amalga oshiradi.

 Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya prezidenti taklifiga binoan, Almazbek Atambayev 19 iyunda 24 iyunga qadar ushbu mamlakatda boʻladi. Tashrif ikki mamlakat munosabatlari yoʻlga qoʻyilganining 25 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan. Ushbu tashrif ikki mamlakat aloqalarini mustahkamlashda muhim va strategik ahamiyatga ega boʻlishi kutilmoqda.

 Tashrif doirasida Almazbek Atambayev Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev bilan uchrashishi rejalashtirgan. Shuningdek, u Rossiya ilmiy doiralari va Rossiya hududidagi vatandoshlarimiz bilan uchrashadi.

 “Tashrifning asosiy voqeasi Rossiyada Qirgʻiziston madaniy markazi ochilishi boʻladi. 20 iyun kuni kechqurun Kreml saroyida Qirgʻiziston sanʼat ustalari oqshomi oʻtkaziladi. Madaniyat kuni doirasida Qirgʻiziston xalq-amaliy sanʼati namunalari va qirgʻizistonlik rejissyorlar tomonidan ishlangan filьmlar namoyish etiladi. Migratsiya, Sogʻliqni saqlash, statistika va moliya sohalarida hujjatlar imzolanadi”,- degan Ayzada Subakojoyeva.

 Shuningdek, ikki davlat rahbarlari oʻzaro ittifoq va hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha deklaratsiyaga imzo chekishadi.

 Qayd etilishicha, ushbu hujjatda tomonlarning pozitsiyalari ifoda etiladi. Qirgʻiziston prezidenti Tatariston va Boshqirdiston rahbarlari bilan uchrashishni ham rejalashtirgan. Bu uchrashuvlarda savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Ufa va Qozon shaharlaridan ham kontsert dasturlari, koʻrgazmalar va kino namoyishlari tashkil etiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.