Londonda Musulmonlar yongʻinda qolgan insonlarning joniga oro kirdi
Muborak ramazon oyining roʻzasini tutish uchun saharlikka turgan musulmonlar juda koʻp insonlarning hayotini saqlab qoldi. Angliya poytaxti Londonda 12 kishining hayotiga zomin boʻlgan va 50 kishining tan jarohati olishiga sabab boʻlgan yongʻinda atrofdagi musulmonlar saharlik qilish uchun uygʻoq boʻlganligi tufayli juda koʻp insonlarning yongʻindan qutilib qolishiga sabab boʻldi. Guvohlarga koʻra, 120 honadon joylashgan va yuzlagan insonlar hayot kechirayotgan binodagi yongʻinda vaziyat ogʻirlashib, talofat ortmasligi uchun harakat qilganlar orasida eng faol jonbozlik koʻrsatganlar musulmonlar boʻlgan.
Independent axborot agentligiga intervьyu bergan guvohlardan birining aytishicha, mahalliy vaqt bilan 00:54da, yaʼni ayni uyqu vaqtida boshlangan yongʻinda xavf signalining ovozi juda past chiqqanligi sababli binoda yashaydiganlarning uygʻonishi qiyin boʻlgan. Saharlik qilish uchun uygʻoq boʻlgan musulmon qoʻshnilari ularning joniga oro kirgan.
“Yonayotgan binodan insonlarni olib chiqish uchun Musulmonlar katta rol oʻynadi. Yordamga oʻzini urgan insonlarning juda koʻpi musulmonlar edi. Bundan tashqari ular oziq-ovqat va kiyim-kechak ham olib kelishdi”, dedi guvoh.
Boshqa bir tarafdan masjidlar ham yongʻindan jabr koʻrgan insonlarga yordam uchun harakatga kirishdi. “Dindor yoki dinsiz boʻlishidan qatʼiy nazar, dam olish yoki uxlashni istagan yoki oziq-ovqat va ichimliklarga muxtoj boʻlgan har qanday kishiga eshigimiz ochiqdir”, deyildi Al-Minor jome masjidi tarafidan berilgan bayonotda. Masjid xizmatchilari va koʻngillilar ham yongʻin yuz bergan mintaqaga oziq-ovqat va suv olib kelishdi.