Gungor Avchioʻgʻli: Xalifalik davlatini qayta eʼlon qilish lozim

657
0

Gungor Avchioʻgʻli: Xalifalik davlatini qayta eʼlon qilish lozim

Turkiyada chiqadigan “Milod” gazetasining sharhlovchisi Gungor Avchioʻgʻli oʻz maqolasida Xalifalikni qalamga olib, Xalifalik davlati qayta eʼlon etilishi lozimligi haqida yozdi.

Avchioʻgʻli maqolasida musulmonlarning boshini biriktiradigan davlati yoʻqligi sababli kufr olami musumonlarga nisbatan oʻzlari istagandek muomala qilayotganiga ishora qiladi. Avchioʻgʻlining taʼkidlashicha, agar musulmonlarning boshida bitta xalifasi boʻlganda edi, bugungi hor ahvolga tushmagan boʻlardi.

“Aziz doʻstlar, dunyoni boshqarayotganlar musulmon dunyosi bilan, goʻyo mushuk sichqon bilan oʻynagani kabi oʻynashmoqda. Buning sababi Islom dunyosini birlashtirib tartibga keltiradigan bir hokimiyatning yoʻqligidir. Aybga buyurmaysiz, bugun amalda Xalifalik davlati boʻlsa edi, hech qachon Islom dunyosi boshiga bunday kunlar tushmas edi. Avvalambor Islom dunyosi bunday parcha-parcha boʻlib ketmas edi. Eng muhimi dunyoga hukmronlik qilayotganlar musulmonlar orasiga bunchalik osonlik bilan fitna sola olmas edi. Xudo haqqi, aytingchi, Islom olamida bir hokimiyat boʻlsa edi, bitta din vakillari (bir biriga qarshi) osonlikcha urush yoqasiga kela olarmidi? Yoʻq, aslo bunday boʻlmas edi. Biz musulmonlar sifatida oʻzimizga kelib, Xalifalikni qayta eʼlon qilmasak, neftimizning ham, tuproqlarimizning ham biz uchun hech qanday nafi yoʻq. Biz bir-birimiz bilan jang qilar ekanmiz, ular esa bor-yoʻgʻimizni olib ketishganligini bilmay ham qolamiz, soʻng biz shunga loyiqmiz deb oʻtiraveramiz. Aziz doʻstlarim, agar Islom dunyosida birlik, butunlik boʻladigan boʻlsa, bu faqat Xalifalik soyaboni ostidagina amalga oshadi”, deydi Gungor Avchioʻgʻli oʻzining maqolasida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.