BMT bosh kotibi Qirgʻizistonga keldi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Markaziy Osiyo respublikalari boʻylab amalga oshirayotgan safari doirasida 11-iyun kuni Bishkekka keldi.
U dastavval “Ala-Archa” davlat qarorgohida prezident Almazbek Atambayev bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Shundan soʻng Guterrish Oʻsh shahriga bordi.
Hukumat matbuot xizmatining xabar qilishicha, Oʻsh xalqaro aeroportida Gutterishni bosh vazir Sooronboy Jeenbekov kutib oldi.
“Tashrif chogʻida Antoniu Gutterish va bosh vazir Sooronboy Jeenbekov oʻrtasida ikki tomonlama uchrashuv va mahalliy aholi bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi. Shuningdek, bosh vazir va BMT bosh kotibi “Onalar koʻz yoshi” yodgorligi poyiga gulchambar qoʻyib, 2010 yil iyun oyida roʻy bergan fojiali voqealarga bagʻishlangan fotokoʻrgazmaga tashrif buyurishadi”,- deyiladi xabarda.
BMT bosh kotibi Markaziy Osiyo safari doirasida bunga qadar Qozogʻiston va Oʻzbekistonda boʻldi. Qirgʻizistondan soʻng Tojikistonga borishi rejalashtirilgan.
Turkiston:
BMT bosh kotibi 2010 yilda boʻlib oʻtgan millatlararo urushda halok boʻlganlarni atayin eslab, bizga ham eslatib oʻtgani oʻta achinarlidir. Gʻarb olami Qirgʻiz davlatiga bosim oʻtkazib, biror manfaatini roʻyobga chiqarmoqchi boʻlganida, yuqoridagi kabi eng nozik va endi tuzalib kelayotgan yaralarimizni qaytadan chuquy boshlaydi. Ularni bizdagi milliy ozchilik, yoki zulml koʻrayotgan millatlar qatlami tashvishlantirmaydi. Aksincha ularni shu milliy qaramaqarshiliklarni yoʻqolib borayotgani va oʻrtalarimizdagi aloqalar oʻrniga tushib, islox boʻlib borayotgani tashvishlantiradi!