Qatar hukumati qirol oilasi ozod etilishi uchun jangarilarga 1 mlrd dollar toʻlagan
Iroqda qirol oilasi qoʻyib yuborilishi uchun Qatar hukumati tomonidan 1 mlrd dollar mablagʻ toʻlangan, deb xabar berdi Financial Times nashri.
Ushbu mablagʻ 26 nafar qirol oilasi qoʻyib yuborilishi uchun toʻlandi. Xabarda aytilishicha, Qatar hukumati ushbu pullar Suriyadagi “Al-Qoida” uyushmasi bilan bogʻliq boʻlgan guruhlar va Eron xavfsizlik xizmatiga berildi. Ushbu kelishuv aprel oyida amalga oshirilgan.
RIA Novosti maʼlumotiga koʻra, oʻgʻirlangan shaxslar orasida Qatar qirol oila aʼzolari ham boʻlgan. Asirga olingan shaxslarni qoʻyib yuborilishi haqida Eron, Qatar va “Xezbolla” harakati oʻrtasida muzokaralar olib borildi. Joriy yil aprel oyida 26 nafar kishi ozod etilib, Eronda Qatar elchisiga topshirilgan edi.
Xabarda aytilishicha, 2015 yil dekabr oyida harbiy kiyimda boʻlgan nomaʼlum shaxslar tomonidan Nadjaf sahrosi yaqinida ov lageridan qatarlik ovchilar oʻgʻirlab ketilgan edi.
Dushanba kuni, Mirs, Saudiya Arabiston, Baxreyn, BAA Qatar bilan diplomatik aloqalar toʻxtatilganligi haqida maʼlum qilingan. Qatarga terrorchilik uyushmalarni qoʻllab-quvvatlashi haqida ayb qoʻyildi.