Mirziyoyev: ekstremistlarni Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqarishga tayyorman

844
0

Mirziyoyev: ekstremistlarni Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqarishga tayyorman

“Sputnik” xabariga koʻra, Oʻzbekiston prezidenti ekstremistlarni fuqarolikdan mahrum etishga tayyorligini aytdi.

“Ertangi kunimiz tinch boʻlsin desak, menga oʻsha ashaddiy ekstremistlarni Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqarish boʻyicha taklif kiritish kerak”, – deb taʼkidlagan Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga uyushtirgan safari chogʻida. Prezident chiqishi “Oʻzbekiston” telekanali orqali translyatsiya qilingan.

Prezident shuningdek, ushbu masalada ijro etuvchi organlar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan xatoliklarni koʻrsatib oʻtgan hamda oʻz hayotini esktremistik faoliyat bilan bogʻlagan shaxslar qarindoshlarini jamoatchilik hayotidan chiqarib tashlash kabi harakatlarga yoʻl qoʻyilmasligini kerakligini aytgan.

“Adashganlarni biz ilm bilan va hayotiy misollar bilan jamiyatga qaytaramiz. Agar misol uchun, beshta mahallada 20-30 nafar adashganlar boʻlsa, shu 20 nafardan beshtasi ashaddiy – u qaytmaydi. Ularni Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqarish kerak va men bunga tayyorman”,- deb aytgan Mirziyoyev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.