Ibrohim Qalin: AQSh bilan hamkorlikda faoliyat yuritishni davom ettiramiz
Turk hukumati Suriyada AQSh bilan hamkorlikda faoliyat yuritishni davom ettiradi. Bu haqida Turkiya prezidentining matbuot kotibi Ibrohim Qalin NTV telekanalida jonli efir orqali bergan bayonotida maʼum qildi.
“Biz albatta IShIDga qarshi kurashayotgan koalitsiyaning bir qismi sifatida AQSh bilan hamkorlikda harakat olib borishni davom ettiramiz. Xuddi Rossiya bilan birga harakat olib borayotganimiz kabi”, dedi Qalin.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdugʻon bundan bir oy avval, yaʼni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvidan avval, agar AQSh PYD va YGPni qurol-aslaha bilan taʼminlaydigan boʻlsa AQSh bilan kelisha olmasligini bidirgan edi.
“Bu tarzda davom etadigan boʻlsa, Amerika bilan murosa qila olmaymiz. AQShning dushmanimiz boʻlgan terrorchi guruhlar bilan hamkorlikda harakat qilishini albatta toʻgʻri deb bilmaymiz. Oʻylaymanki janob Tramp ham bizning bu tushunchalarimizga ijobiy baho beradi”, degan edi Erdugʻon.
Ayni paytda AQSh Suriyada IShIDga qarshi kurashni roʻkach qilib PYD / YPGga harbiy yordamlar yuborishni davom ettirmoqda. Taxminan 3 hafta ichida harbiy texnika va qurol aslahalar yuklangan jami 218ta transport Raqqaning shimolidagi PYD askarlariga yuborildi.
Soʻngi olingan xabarga koʻra, harbiy texnika va qurol aslahalar yuklangan yana 70ta transport AQShning Al-Hasakidagi Rumeylan havo bazasidan kecha yoʻlga chiqqan. Turk rasmiylari Obama maʼmuriyatining rejasi deb daʼvo qilayotgan PYDni qurollantirish amaliyoti Donald Trampning rasmiy qarori bilan amalga oshirila boshladi.