“Trampning ogʻzi qulogʻida”

897
0

“Trampning ogʻzi qulogʻida”

Birinchi xorijiy safari natijalaridan koʻzi qamashib qolgan AQSh prezidenti Donald Tramp safar taassurotlarini “Twitter” sahifasi orqali oʻrtoqlashdi. U safaridan qaytishi bilanoq, oʻzining safari chogʻida amerikaliklar uchun ish oʻrinlarini yaratish imkonini beradigan yuz milliardlab dollarlarni qoʻlga kiritganligini maʼlum qilishga shoshildi.

Kuzatuvchilarning fikricha, Tramp uchun Saudiya Arabistoni siyosiy va iqtisodiy jihatdan “yogʻliroq” boʻlgan. Yaʼni Tramp qoʻlga kirtgan eng semiz iqtisodiy ov Saudiya Arabistonida boʻldi. Bu Vashington va Riyod oʻrtasida misli koʻlilmagan 350 milliard dollar qiymatidagi qurol-yaroq shartnomasini tuzishda oʻz ifodasini topdi. Shartnomaga binoan Tramp milliardlagan dollar va AQSh fuqarolari uchun ish imkoniyatlarini qoʻlga kiritgan holda oʻz yurtiga ulkan gʻanimatlar bilan qaytishi uchun Amerika Saudiyani qurol-yaroq va yangi harbiy texnikalar bilan taʼminlaydi.

Shuningdek, safarda otasiga hamrohlik qigan Ivanka Tramp ham Saudiyadan qoʻli boʻsh qaytmadi. U ayol tadbirkorlarni qoʻllab quvvatlash yoʻlida tashkil qilgan xalqaro fond uchun 100 million dollarni qoʻlga kiritdi. Afrikada ochdan oʻlayotganlarga yordam qoʻlini choʻzishni oʻziga ep koʻrmagan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarining hokimlari Ivanka Tramp uchun 100 million dollar yordam koʻrsatish majburiyatini zimmasiga oldi.

Oʻz davrida AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning xotini va qizlari ham Saudiyadan mumaygina “hadya”lar bilan qaytgan edi. Oʻlib ketgan Saudiya qiroli Abdulloh Obamaning xotini Mishel Obamaga boʻyin taqinchoqlari, ziraklar, uzuk va bilakuzukdan iborat bir toʻp olmos va zumrad javohirlarni sovgʻa qilib yuborgan edi. Bundan tashqari boshqa bir toʻp brilliant va olmos javohirlar ham boʻlgan. Ularning umumiy qiymati 1,3 million dollarga teng edi. Shuningdek qirol Abdulloh Obamaning ikki qiziga hayratda qoldiruvchi ikki toʻp javohirlarni ham sovgʻa qilgan. Bu ikki toʻp javohirning har birida olmos, zumrad, yoqut ziraklar, boʻyin taqinchoqlari, uzuklar va qoʻl soatlari bor edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.