“Voqeya” telekanalining rasman efirga uzatila boshlagani haqidagi eʼlon

832
0

“Voqeya” telekanalining rasman efirga uzatila boshlagani haqidagi eʼlon

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi behad mamnuniyat ila shuni eʼlon qiladiki, “Voqeya” telekanali Alloh Subhanahu va Taoloning fazlu karami ila tajriba bosqichini muvaffaqiyatli tamomlaganidan soʻng, muborak Ramazon oyidan oldin rasman efirga uzatilish bosqichiga oʻtdi.

“Voqeya” telekanali insha Alloh, 2017 yil 26 may juma kuni oqshomida, ikki munosabat bilan maxsus koʻrsatuv boshlaydi: muborak Ramazon oyining kirishi hamda “Voqeya” telekanalining rasman efirga uzatilishi. Unda Hizb ut-Tahrir amiri ulugʻ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta ayni ikki munosabat bilan maʼruza qiladi. Kanalimiz mufakkir va siyosatchilar doxil sara kishilarga mezbonlik qiladi hamda ushbu 1438 hijriy yildagi muborak Ramazon hilolini kuzatish natijasini ham eʼlon etadi.

“Voqeya” telekanali oʻz risolasini butun olamga, xususan, arabu ajamdan iborat musulmonlarga yetkazish uchun oʻzining koʻrsatuvlari va xabarlarini – ayni bosqichda – bepoyon internet boʻshligʻi orqali hamda zamonaviy aloqa vositalari orqali olib boradi. Maqsad, bir jihatdan, texnik taraqqiyot bilan safma-saf harakat qilish, ikkinchi jihatdan, oddiy insonlar yaqinida boʻlishdir. Ayniqsa, axborot tarqatish sanʼat ustamonlikka, haqiqatni oʻchirish mahoratga, jamoatchilik fikrini adashtirish kasb-hunarga aylanib qolgan bugungi kunda, ushbu koʻrsatuv oʻz tomoshabinlarini toyilishdan saqlashda, ularga haqiqatni aslicha berishda, qingʻir chiziqlar oldida toʻgʻri chiziqlar tortib berishda oʻz samarasini berajak, insha Alloh.

Kanalimiz oʻzi asoslangan voqega dalolat qilishi va shu voqeiga vafodor qolishi uchun shiorini “انحياز إلى مبدأ الأمة” “Ummat mabdasi tomonida turish” qilib belgiladi. Chunki telekanal xolislikni daʼvo qilib, unga teskari ish tutmaydi. Bilʼaks, u butkul Islom tomonida turib, toʻla Islom uchun xizmat qiladi, faqat Islomni tarqatadi, qatʼiy vaʼda va ahd berib, Islom nima degan boʻlsa shuni aytadi. Chunki “Voqeya” telekanali, Ummatning axborot qalqoni boʻlib, uning taqdiriy masalasini tabaniy qiladi va uni qudratu jurʼat bilan taqdim etadi, shu orqali Ummat farzandlaridagi siyosiy ongning kristal kabi tiniqlashishiga oʻz hissasini qoʻshadi.

“Voqeya”ning efirga uzatilish va axborot tarqatish borasida ushbu ikkinchi bosqichga oʻtishi munosabati bilan biz barchani telekanalni kuzatib borishga va undan foydalanishga daʼvat qilamiz. Maʼlumki, uni qayta tarqatish barchaga ruxsat berilgan, ammo mazmunidagi narsalarni oʻzgartirishsiz saqlangan holda tarqatish sharti bilan ruxsat beriladi.

Muborak Ramazon oyi yaqinlashayotganini gʻanimat bilganimiz holda, kanalning interaktiv efiri har haftaning dushanba va payshanba kunlarida boʻladi, shu bilan birga, fazilatli Ramazon oyi mobaynida har kunlik dasturlar namoyish etiladi, shunday ekan, biz bilan birga qoling…

Alloh Subhanahuga duo qilib, ushbu tadbirni qabul aylashini, barakotli qilishini va Ummat qalbiga kirib borib, Allohning bandasi va Rosuli A bashorat bergan Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlati soyasida islomiy hayotni qayta boshlash uchun faoliyat qilayotganlar yoʻlini yorituvchi mashʼalaga aylantirishini soʻrab qolamiz.

“Voqeya” telekanalining rasmiy sayt va sahifalari quyidagilardan iborat:

“Voqeya” telekanalining rasmiy sayti: http://www.alwaqiyah.tv

“Voqeya”ning Tvitterdagi sahifasi: https://twitter.com/AlwaqiyahTV

“Voqeya”ning Feysbukdagi sahifasi: https://www.facebook.com/alwaqiyah.tv

“Voqeya”ning Google+dagi sahifasi: https://plus.google.com/+AlwaqiyahTv

“Voqeya”ning Yutubidagi sahifasi: https://www.youtube.com/AlwaqiyahTv

Elektron pochta: alwaqiyahtv@outlook.com

Doktor Usmon Baxxosh

Hizb ut-Tahrirning

markaziy matbuot boʻlimi raisi

Manzil: al­Mazraa – “Kolumbia Tsentr” – blok b – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

telefon: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.