“Demokratiya shahidlari”ni inkor qilgan imom ishdan haydaldi

497
0

“Demokratiya shahidlari”ni inkor qilgan imom ishdan haydaldi

Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Hoji Nuri masjidining Imom xatibi Muhammad Omay Xoʻja Turkiya hukumati tarafidan daʼvo qilinayotgan “demokratiya shahidlari” atamasini oʻz maʼruzasida inkor qilgan edi. Uning “demokratiya shahidlari degan narsa boʻlishi mumkin emas” degan gapi imomlik vazifasidan quvilishiga sabab boʻldi.

Maʼlumki, 2016 yil 15 Iyul kuni Turkiyada yuzaga kelgan davlat toʻntarish tashabbusiga qarshi koʻchalarga chiqqan musulmon aholi Islomiy shiorlarni aytib chiqishiga qaramay, hukumat vakillari va hukumatga qarashli mahalliy axborot vositalari toʻqnashuvda hayotdan koʻz yumgan insonlarni “demokratiya shahidlari” deya talqin qila boshladi. Vaholangki musulmon aholi hokimiyatni Islomga dushmanligi bilan tanilgan kamolistlar egallab olishiga qarshi koʻchalarga chiqqan edi. Chunki Turkiya aholisi kamolistlar hukmronligi ostida yashagan va ularning Islomga dushmanligini oʻz koʻzlari bilan koʻrgan edilar. Shuning uchun musulmon aholi faqat Islom shiorlarini baralla aytib koʻchalarni larzaga keltirdi. Hukumat vakilari va unga tobe matbuotdan tashqari biror kishi ham demokratiyani tilga olgan emas. Hatto jurnalistlar koʻchalarga chiqqan odamlardan “qarshilik koʻrsatib hayotdan koʻz yumganlarni demokratiya shahidlari deyilyapti, siz bunga nima deydiz”, deb soʻraganda, ular “demokratiya shahidi ham boʻlar ekanmi?! Biz Alloh uchun, dinimiz uchun xuntachilarga qarshi chiqdik”, deb javob bergan edi.

Shu tarzda Hoji Nuri masjidida imomlik qilib kelayotgan Muhammad Omay ham “demokratiya shahidlari degan narsa yoʻq”, deya oʻz raddiyasini bildirgan edi. Shu sababli imom ishdan chetlatilib, tergov jarayoni boshlandi.

Turkiston:

Dunyoda kufr bilan Islom oʻrtasidagi mafkuraviy kurash avjiga chiqib, ular endi islomiy ulamolarimizdan kufr keltirishni talab qila boshlashdi.

وَلَنْ تَرْضَى عَنْكَ الْيَهُودُ وَلَا النَّصَارَى حَتَّى تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ

-“Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi boʻlmaydilar”.

Kufr sistemasi mafkuraviy inqirozga uchrab, qadrsizlanib, jamiyatdan chetlab borayotgani bois jamiyatda yetakchi quvvatni qoʻlga kiritib borayotgan Islom mafkurasining qardiyatlarini oʻzi uchun niqob qilib olish strotegiyasini qoʻllay boshladi. Kufr oʻzining himoyasi uchun “moʻʼtadillik” va “rodikal yoʻnalishlar”, (ekstremizm, terrorizm) “demokratiya shahidlari” kabi atamalar vositasida buzuq mafkuraviy islomiy qatlam paydo qilmoqchi boʻlyapti. Bunda islomiy ulamolarning raʼyi va pozitsiyalari ular uchun oʻta muhim va maʼnodordir. Ular kufrga moyil islomiy ulamolar va diniy faollar armiyasini paydo qilishga urinishyapti. Bu loihada birinchi tajriba uchun tanlangan diniy siyosiy yetakchi shaxsiya Erdogʻandir. U kufrni Islom niqobiga oʻrab, ummat ichiga olib kirish missiyasi ustida ish olib boryapti. Erdogʻan kiritayotgan “demokratiya shahidlari” degan yangi termin, kufr atamasi boʻlib, uni aqlan tan olgan va tasdiqlagan musulmonning iymoni uchun juda katta xavf bor.

Bu yoʻnalish, deyarli barcha islomiy oʻlkalarda davom etib kelyapti. Qirgʻizistonda ham masjid imomlarining iymoniy quvvatlarini sinash uchun davlat maxsus kuch tizimlari muftiyot vositasida, masjid imomlarini ramazon oyida azonni vaqti kirmay turib aytishga majburlash amaliyotini olib borishdi. Afsuski juda koʻp zaif imomlar bunga rozi boʻlishdi. Bu esa, ortida turgan yuzlagan, minglagan musulmonlar ibodatining buzulishiga sabab boʻladigan ogʻir gunohni bilib turib zimmasiga olish harakati boʻlib, faqat maxluqlardan qoʻrqish va arzimas dunyo matosi uchun amalga oshirilgan eʼtiqodiy zaiflik hisoblanadi.

Kufr sistemasi vakillari oʻzlarining islomiy qatlamini quvvatga kiritish va ularni doim qoʻrquvda ushlab turish maqsadida “terrorizm, ekstremizm” kabi kufr atamalarini oʻylab topib, kufr yoki haromga rozi boʻlmagan bir kancha imom ulamolarimizni uzoq muddatlarga qamab yoki oʻldirib yuborishyapti. Yuqoridagi Muhammad Omay Xoʻja birodarimiz va undan oldinroq Maskvada kamoqqa olingan Mahmud Valitov hamda hozirda Qirgʻiziston qamoqxonasida oʻtirgan Rashod qori Kamolov va hokazo yuzlagan imomlar bunga misoldir. Yana qanchalari kufrning nazorati va taʼqibi ostida faoliyat olib borishyapti. Ular kufr keltirib, dunyo manfatlari va osoishtaligi uchun iymonlaridan kechib yuborishga rozi boʻlmaganlari uchun azoblanishyapti. Olloh ularni va bizlarni sobit qadam qilsin va oʻz nusrati bilan najot berib, oxiratda kufr keltirganlar safida tirilib qolishdan oʻzi panoh bersin Amiyn.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.