G7 mamlakatlari migratsiya sabablarini bartaraf qilishga kelishib olishdi

492
0

G7 mamlakatlari migratsiya sabablarini bartaraf qilishga kelishib olishdi

RIA “Novosti”ning xabar qilishicha, “Katta yettilik” aʼzolari Italiyaning Taorminidagi sammitda mamlakatlardagi migratsiya muammosini bartaraf qilishga sharoitlar yaratish uchun hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga kelishib olishdi.
G7 aʼzolarining taʼkidlashicha, yirik koʻlamli migratsiya dunyo trendiga aylandi, uni boshqarish xalqaro va milliy miqyosda muvofiqlashgan harakatlarni talab qiladi.
“Biz shuningdek, qonuniy, tartibli va xavfsiz migratsiyani taʼminlash uchun davlatlar oqimlarni boshqarish boʻyicha masʼuliyatni taqsimlashi kerakligini tan olamiz”, – deyildi sammitda.
“Ettilik” mamlakatlari yetakchilari migrantlarga yordamlashish zaruratini anglash bilan birga davlat rahbarlarining oʻz chegaralari ustidan nazorat qilish va qochqinlar qabul qilish limitlarini belgilash huquqini tasdiqlashdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.