Kaʼba imomi juma xutbasida Trampning tashrifi haqida maʼruza qildi

0
961

AQSh prezidenti Donald Tramp birinchi xorijiy rasmiy safarini Saudiya Arabistonidan boshladi. Undan soʻngra Isroil va Falastinga borib, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu va Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashadi. Tramp oʻzining tvitter sahifasida qayd etishicha, u faqat Amerika xalqining manfaatlarini himoya qilish uchungina safarga chiqqan.

Trampning xotini Melaniye Tramp, qizi Ivanka Tramp va kuyovi Jared Kushner safarda AQSh prezidentiga hamrohlik qilmoqda. AQSh matbuotining xabariga koʻra, Ortodoks yahudiylaridan boʻlgan Trampning kuyovi Kushner va qizi Ivanka safarga chiqishdan oldin bir ravvindan (yahudiylar ruhoniysidan) ruxsat soʻragan. Nomi oshkor qilinishini istamagan Oq Uy rasmiysi Trampning qizi va kuyovi safardan avval yahudiy ravvindan izn soʻraganligini tasdiqladi.

Saudiya Arabistonida esa, mashhur voizlardan biri Kaʼbaning Imomi Shayx Solih ibn Hamdi Juma namozi xutbasida Trampning tashrifi haqida maʼruza qildi. Bu haqida “Osiyo ovozi” internet sayti xabar tarqatdi. Xabarga koʻra, Shayx Solih ibn Hamdi maʼruzasida poytaxt Ar-Riyodda tashkil qilinadigan oliy darajadagi “muborak” sammitda Musulmonlar rahbarlari va AQSh Prezidenti Donald Tramp ishtirok etishini eʼlon qilgan.

Islom oʻlkalaridan kelgan 50 nafar chamasi rahbarlar ishtirok etadigan Saudiya Arabistonidagi sammitda Prezident Trampning Islom dini haqida nutq soʻzlashi kutilmoqda. Sobiq prezident Barak Obama oʻzinig Misrga qilgan safarida Islom Dini haqida soʻz yuritib, terrorizmni laʼnatlagan edi.

Izohlar yo'q