Mingta rahbar almashsa ham Shom ahli oʻzlarini tamsil etuvchi koalitsiyaga hargiz rozi boʻlmaydi

817
0

Hijriy 1438 yil 9 shaʼbon, milodiy 2017 yil 6 may shanba kuni “Skay Nьyus arabiy” sayti quyidagi xabarni chop etdi:
“Shanba kuni Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan yigʻinda Suriya muxolafati koalitsiyasiga Riyoz Sayf yangi rahbar etib saylandi.

Ayni yigʻinning oʻzida koalitsiya bosh hayʼati Salvo Kattav xonim bilan Abdurahmon Mustafo rahbar oʻrinbosarlari, Nazir esa bosh sekretar etib saylandi.

Anas Abdadan soʻng koalitsiyaning oltinchi rahbari boʻlib saylangan Sayf muxolafat va Suriya qoʻzgʻolonining siyosiy vakili hisoblanadi.

Ushbu bosh hayʼat yigʻini juma kuni oʻzining 33-sessiyasini boshladi va kun tartibida bir necha muhim masalalarni muhokama qildi.

Ushbu muhim masalalarning asosiysi rahbar va siyosiy hayʼat saylashga qoʻshimcha, Suriya jangohidagi va siyosiy maydonidagi vaziyatlar rivojini muhokama qilish boʻldi.

Koalitsiya matbuot boʻlimi xabariga koʻra, hayʼat yaqinda boʻlib oʻtgan Ostona konferentsiyasi xulosalarini, Jeneva muzokaralari va uning xulosalarini hamda kelasi konferentsiyalarga hozirlik koʻrish jarayonini ham muhokama qildi.

Roya gazetasi sharhi:
Suriya koalitsiyasidagi muammo uning tuzilishi va Amerikaga tobeligidadir. Bu koalitsiya Shom qoʻzgʻoloniga barham berish uchun belgilangan AQSh loyihasi va rejalariga muvofiq yurishda davom etar ekan ming marta rahbarini almashtirib, strukturasini oʻzgartirsa ham uning ishlari aslo toʻgʻrilanmaydi. Uni Suriya ahli hargiz bagʻriga olmaydi, mutlaqo qabul qilmaydi va xuddi qoʻtir tuya tuyalardan ajralib qolganidek u ham Suriya ahlidan ajralib qolaveradi.
Roya gazetasining 2017 yil 10 may chorshanba kungi 129-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.