Xorijliklarni qoʻrqitish orqali pul undirib yurgan militsiya xodimlari qoʻlga olindi

882
0

Lenin tuman Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Adil Omorovning “Azattыk” radiosiga maʼlum qilishicha, Bishkekda chet ellik fuqarolarni qoʻrqitib pul talab qilishda gumonlangan militsiya xodimlari ikki oyga qamoqqa olingan.

Uning soʻzlariga koʻra, 29-mart kuni Pokiston fuqarosi militsiyaga ariza bilan murojaat qilib, Chuy koʻchasidagi kafelardan biridan chiqib kelayotgan vaqtda militsiya xodimlari telefonini olib qoʻyishganini aytgan. Qidiruv ishlari davomida gumondorlar aniqlanib, bir qiz va ikki nafar militsiya xodimi qoʻlga olingan. Tergov mobaynida ular asosan xorijliklarni qoʻrqitib pul undirib kelishgani maʼlum boʻlgan. Bir nechta jabrlanuvchi aniqlangan.

Jabrlanuvchilar kafelarda qiz bilan tanishishgani keyin mexmonxonaga borishgani, u yerda qiz baqirib, telefon qilgani, bir oz vaqtdan soʻng militsiya xodimlari kelib, xorijliklarni qoʻlga olishgani va pul talab qilishganini aytib berishgan.

Xabarda aytilishicha, qamoqqa olingan militsiya xodimlarini ikkalasi ham 1990-yilda tugʻilgan. Biri IIV qoʻriqchilik boshqarmasida, ikkinchisi Bishkek shahar patrul militsiyasida xizmat qilishgan.
Jinoyatga aloqasi bor deb gumon qilingan yana bir tartib soqchisi qidirilmoqda. Shuningdek, Sverdlov tuman militsiyasining bir xodimi guvoh sifatida ishtirok etmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.