“Demokratiya kufrdir” mitingida taxminan 5 million kishi ishtirok etdi

435
0

Islomiy hayotni qayta boshlash uchun dunyo boʻylab harakat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir uyushmasi Indoneziyada oʻtgan juma namozidan soʻng “demokratiya kufrdir” nomli miting uyushtirdi. Millionlagan insonlar Hizb ut-Tahrir – Indoneziya viloyatining nazorati ostida uyushtirilgan mazkur mitingni qoʻllab quvvatlab koʻchalarga chiqishdi. Hizb ut-Tahrir – Indoneziya viloyatining maʼlum qilishicha, taxminan 5 million kishi “demokratiya kufrdir” mitingida ishtirok etgan.

Ayni paytda, Indoneziyaning huquqiy, siyosiy va xavfsizlik masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi vaziri Viranto xalifalik davlatini tiklash uchun harakat qilayotgan Hizb ut-Tahrir uyushmasi davlat mafkurasi va konstitutsiyasiga qarshi faoliyat olib borayotganligini daʼvo qildi. Viranto bu haqida jurnalistlarga bergan bayonotida aytib oʻtdi.

“Hizb ut-Tahrirning faoliyati jamiyatda boʻlinishlar va mojarolarga sabab boʻldi. Bu faoliyatlar davlatning yaxlitligiga tahdid tugʻdirmoqda”, dedi Hizb ut-Tahrir uyushmasi ustidan daʼvo ochilganligini bildirgan Viranto.
Indoneziya ulamolari kengashining tashqi aloqalar boʻlimi boshligʻi Muhyiddin Junaydi ham Hizb ut-Tahrir uyushmasi boshqa mamlakatlarda taqiqlanganligini va koʻplab mamlakatlarda qora roʻyxatga kiritilganligini olgʻa surdi. Junaydiga koʻra, Hizb ut-Tahrirning faoliyati taʼqiqlanmasligi uchun uning harakatlari Indoneziya qonunlariga zid boʻlmasligi shart.

“Hizb ut-Tahrir Rossiya, Saudiya Arabistoni va Liviya kabi koʻplab mamlakatlarda taqiqlangan. Xususan, Rossiyada Hizb ut-Tahrir aʼzolari sifatida tanilgan shaxslar hech ikkilanmay hibsga olinadi. Buning sababi Hizb ut-Tahrirning bu mamlakatlar qonunlariga muvofiq kelmagan tarzda faoliyat yuritishidir”, “Indoneziyaning plyuralistik (koʻpchilikning roziligi bilan qabul qilingan) tamoyillari zaruriy hisoblanadi. Hizb ut-Tahrir bu tamoyillarga qarshi faoliyat qilmasa muammo tugʻilmaydi”, dedi Junaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.