Imomali Rahmon Afgʻoniston chegarasidagi vaziyatdan tashvishlanmoqda

808
0

Tojikiston Afgʻonistonga terrorizm, ekstremizmni bartaraf etish hamda birlik va milliy kelishuvni taʼminlashda har tomonlama koʻmak beradi. Bu haqida “Sputnik” sayti Tojikiston prezidentning matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani bilan telefon orqali boʻlib oʻtgan muloqotda Tojikiston rahbari Imomali Rahmon Afgʻoniston, xususan uning shimoliy mintaqalarida vujudga kelayotgan xavotirli vaziyatdan tashvishda ekanligini bildirgan.

Ilgariroq “Tolibon” jangarilarining Tojikiston chegarasiga xavfli darajada yaqinlashib kelishgani sababli Tojikistonning Afgʻoniston bilan chegaradosh tumanida favqulodda vaziyat joriy etilgani haqida xabar qilingan edi.
Tojikiston chegara qoʻshinlari bosh boshqarmasining xabariga qaraganda, toliblar maʼlum bir muvaffaqiyatga erishishgan. Ular Tojikistonning Ishkashim tumani bilan chegaradosh Zebak viloyatini egallab olishgan. Boshqarmaning taʼkidlashicha, Ishkashim tumanida vaziyat barqaror.

Turkiston:
Tolibon harakatining ogʻir sanoati boʻlmaganidek, qurol ishlab chiqarish imkoniyati ham mavjud emas. Imomali Rahmon ham, boshqa Oʻrta Osiyo prezidentlari ham buni yaxshi birishadi. Demak bu yerda Tolibon va IShID harakatlari haqidagi maʼlumotlarni oʻta boʻrttirib koʻrsatishga harakat qilinmoqda. Tojik prezidenti va uning rejimi ham bu boʻrttirish harakati vakillaridan biri boʻlib, vaziyatdan oʻz rejimlarini yanada mustahkamlab olish va Rossiya bilan harbiy aloqalarini yanada kuchaytirib olmoqchi boʻladi albatta.

Aslida, mantiqiy mulohaza yuritadigan boʻlsak, Tolibon ham, IShID ham, davlat maqomini olgan muayyan hudud bilan chegaralangan oʻz mamlakatiga ega emas islomiy harakat yoki tashkilotlardir xolos. Ular oʻzlari uchun oʻzlari zamonaviy qurol aslaha tayorlab olish quvvatiga ham ega emas. Demak ular tomonidan farazan Oʻrta Osiyo tomonga yurish qilish maqsadi paydo boʻlganida ham, ular qaysidir boshqa, qurol ishlab chiqarish quvvatiga ega mamlakat yoki kuchlar tomonidan qurollantirilishi va muayyan maqsadlar sari yoʻnaltirilayotgan boʻlishlari kerak. Mabodo Tojik tomonining vahimali malumotlari toʻgʻri boʻlganida ham, Tojikiston mamlakatining xavfsizligini taʼminlash uchun Rossiyaning 201 harbiy bazasi joylashib olgan. U 2004 yildan buyon Tojikiston hududida turibdi. Deyarli biror marotaba samarali amaliyot qilgan emas. Endi, aytaylik, Tojik chegarasi yaqinida qandaydir Rossiya yoki Gʻarb davlatlarining oʻq otar qurollari bilan qurollangan noaniq toʻdalar paydo boʻlsa, oʻsha Rossiyaning 201 harbiy bazasi javobgarlikni oʻz zimmasiga oishari kerak. Xalqni, musulmon fuqorolarni qoʻrquvga solishdan foyda yoʻq.

Kufr olami Oʻrta Osiyoda navbatdagi qattiq bir silkinishga tayorgarlik koʻrishayotgandek harakat olib boryapti. Ular oʻzlariga moyil yetakchilarni oʻz atroflariga toʻplab olib, ular vositasida Oʻrta Osiyo mintaqasida borayotgan repressiyani yanada kuchaytirish bilan, urush holatini paydo qilishmoqchi. Chunki Afgʻoniston vahimasi Oʻrta Osiyo mamlakatlarida davlat tomonidan musulmonlarga qarata repressiv harakatlarni yanada kuchaytirilishiga sharoit yaratib beradi. Bu esa, davlat bilan musulmonlar oʻrtalaridagi jarlikni kengaytiradi. Natijada, Afgʻonistondagi holat Oʻrta Osiyoga koʻchib oʻtishi uchun oʻta keskin vaziyat yuzaga keladi. Bu kabi xoin yetakchilarimiz kufr tomonidan oʻzlari uchun kafolat berilgan tinchlik, osoishtalik uchun, bila turib oʻz mamlakatlarini jar yoqasi tomon tortishyapti.
Davlat rahbarlari kufrga xizmatchi boʻlib qolishsa, biz musulmonlar qanday pozitsiyada turishimiz kerak???

Avvalombor haqiqatni anglab olishimiz va biror moddiy manfaat evaziga toʻgʻri mulohazadan ogʻib ketmasligimiz vojib. Haqiqatni anglab yetish yuz berayotgan jarayonlarga siyosiy islomiy ong bilan baho berishga harakat qilish deganidir. Yaʼni, kufr biz musulmonlarni oʻrtalarimizdagi aloqalarimizni buzish orqali oʻrtalarimizga oʻzaro adovat solib, birimizni boshqamizga qarshi qoʻymoqchi. Buni anglagan musulmon kufrning bu maqsadi qanday oqibatlarga olib borishini va ularga ergashish yoki inkor qilishdagi shariy tomonlarini anglay boshlaydi. Shunda u toʻgʻri va samarali (toʻgʻri tomonga yoʻnalgan manfaatli) fikrlay boshlaydi. Lekin shayton uxlamaydi. Musulmonlarga bosim (imtihon) kelganida, ular ikki tanlov orasida qolib ketishlari tabiiy. Bir tomonda shu hayotdagi moddiy osoyishtalik (ish joyi, ozodlik, moddiy manfaatdorlik…) ikkinchi tomonda esa, ochiq oydin haqiqat (har bir zulmga qarshi sharʼiy munosabatlar). Birodarlar, biz avvalom bor Islom va musulmonlarga qarshi yomon gumonda boʻlishdan tiyilishimiz kerak. Soʻng eng yomon musulmonni ham kufrga topshirib, uning ustidan hukm qilishiga rozi boʻlmasligimiz vojib. Chunki har bir musulmon qahramon, shahid, gʻoziy va sobir boʻla olmasligi mumkin. Lekin har bir musulmon, xoinlar safidan oʻrin olib qolishdan oʻzini tiyib, Islom va musulmonlarga qarshi guvohlik berishdan bosh torta oladi. Birodarlar iymonimizni saqlab qolaylik! Kufr va uning iflos loihalarini bizlarning ustimizga olib kelayotgan xoin rahbarlarimizni bu jirkanch xiyonatlaridan toʻxtatib qolaylik. Chunki ularni bu qabih rejalarini faqat biz musulmonlarning birdamligimizgina toʻxtata oladi!!!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.