Jazoni ijro etish davlat xizmati Qirgʻiziston qamoqxonalarida radikallashuvni oldini olish yoʻllarini muhokama qilish uchun BMT va Yaponiyadan mansabdor vakillarni taklif qildi. Boshqarmaning umid qilishicha, xalqaro mutaxassislar ozodlikdan terrorchi va ekstremist mahbuslar bilan ishlash tizimini mustahkamlashda yordam beradi.
“Qirgʻiziston diniy ekstermizm va terrorizmga qarshi kurash borasidagi saʼy-harakatlarini kuchaytirib borish bilan bir birga, ekstremizm va terrorizm boʻyicha sudlanganlar bilan ishlashni davom ettirmoqda”,- dedi BMT rasmiysi Vasilina Brajko “Karavonsaroy” internet nashri bilan boʻlgan suhbatda.
Bishkekda 11-aprel kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar vakillar, “mahbus ekstremistlarni zoʻravonlik yoʻlidan qaytarish va jamiyatga qayta koʻnikishlarini osonlashtirishda zarur boʻlgan harakatlarni belgilab olish uchun yigʻilishdi”, – dedi Brajko.
Oʻsha kunning oʻzida Jazoni ijro etish davlat xizmati va BMT vakillari terrorizm va ekstremizmni oldini olish boʻyicha harakat rejasini imzoladilar. Idoralararo va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish va ozodlikdan mahrum etilgan mahbuslarni qayta ijtimoiy moslashtirish boʻyicha rejalar ishlab chiqishga kelishib oldilar.
Turkiston:
BMT boshchilik qilib kelayotgan xalqaro siyosiy sistema AQSh tomonidan boshqarib boriladi. AQSh Qirgʻizistonga nisbatan pozitsiyasini oʻzgartirib, Putinning rejimi olib borayotgan iflos siyosatni zimdan qoʻllab borayotgandek.
Putin Qirgʻiziston va Tojikistonni Oʻrta Osiyo uchun darvoza qilib, mintaqaga urush urugʻini sepa boshladi. Afgʻonistonni strotegik harbiy vahimali hudud qilib koʻrsatib boryapti. Suriyada jang qilayotgan Mujohidlarning Turkiya orqali qaytib kelayotganligini aytiib, vahimani yanada kuchaytirmoqchi boʻlyapti. Vaziyatni keskinlashtirib borish bilan bir vaqtda, Qirgʻiz hukumati bilan kelishgan holda Rossiyada bir qator soxta, uydirma qoʻporuv amaliyotlarini uyushtirdi. Hech narsadan bexabar oʻnlagan musulmonlarni uylarida uxlab yotgan joylariga vahshiylarcha bostirib kirib, qamab yuboryapti. Akram Azimov nomli bir yigitni Oshdagi shifoxonadan oʻgʻirlab olib ketib, 3 kundan keyin yonida granata bilan Maskvada koʻchadan maxsus amaliyot bilan oʻta vahimali “qoʻlga olishdi”. BMT ham, AQSh va uning yugurdaklari boʻlgan “inson huquq himoyachilari” ham, bu qalbaki jarayonga aralashib, bir ogʻiz salbiy munosabat bildirganlari yoʻq!!! Aksincha, BMT vakillari bosh boʻlib, Rossiya uyushtirgan global xavfsizlik tizimi olib borayotgan qalbaki amaliyotlarning Qirgʻizistondagi qurbonlari boʻlgan musulmonlarni qamoqxonada yanada mahkamroq ushlash uchun, yuqorida aytilgan yordam qoʻlini choʻzmoqchi boʻlyapti.
Olamiy kufr sistemasi oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib boryapti. U ilgari oʻz mafkurasini himoya qilish uchun barchani, shu jumladan musulmonlarning ham erkinliklarini himoya qilishga harakat qilar edi. Aniqroq aytganda, oʻzini ularning erkinliklarini himoya qilayotgandek koʻrsatar edi. Lekin oxirgi yillarda olamiy boshqaruv sistemasi musulmonlarga nisbatan rodikal tarzda oʻzgardi. AQSh bilan Rossiya bir biriga ashaddiy dushman boʻla turib, Islom va musulmonlarga nisbatan hamkorlikda oʻta agressiv harakatlar olib borishyapti. Butun jahon inson huquqlarini himoya qilish esa, odamlarning darajasiga nisbatan ikki, hatto uch standartli boʻlib qoldi. Islom va musulmonlarga nisbatan alohida yozilgan yoki yozilmagan munosabatlar paydo boʻlib, kuchayib boryapti.
Shulardan kelib chiqib, Qirgʻiziston hukumati ham vaziyatga moslashib, oʻz fuqorolari va dindosh birodarlariga nisbatan munosabatini oʻzgartira boshladi. Ular oʻz ixtiyorlari bilan, hatto or-nomusimiz boʻlgan ayollarni ham qamay boshlashdi. Yuqoridagi xalqaro iflos mulozimlardan sadaqa olish ilinjida, bir qancha uslublar oʻylab topdik deb, qamoqxonalardagi musulmonlarga nisbatan zulmlarni kuchaytirib borishyapti. Lekin, bular katta siyosiy oʻyin qayoqqa qarab borayotganini anglay olishmayapti. Yoki anglagan hollarida atayin shu iflos uyushtiruvchilar bilan hamtovoq boʻlib olishdi. Bunisi undan ham yomonroq xiyonat hisoblanadi!
AQSh Rossiyani yana zimdan qoʻllayotgandek koʻrinyapti. Xuddi Suriyani yakson qilib yuborganda yashirin hamkori va xalqaro siyosatdagi homiysi boʻlgani kabi. Bu juda ulkan xavf olib kelayotgan tarixiy jarayon boʻlishi mumkin. Chunki Putin hozirgi vaziyatida hatto shayton bilan ham yashirin shartnoma tuzishga tayyor boʻlib turibdi. AQSh ham Putin rejimining shu kundagi holatini bilib turib, uni atayin Suriya urushiga olib kirishga muvaffaq boʻldi. Endi, ular Suriyadan eʼtiborni burish maqsadida Afgʻoniston orqali Oʻrta Osiyoda notinchliklar paydo qilishga urinishmoqda. Bu borada ular bilan hamkorlik qilgan hozirgi yetakchilarimiz esa tarixda juda yomon nom bilan saqlanib qolishadi.
Ollohdan qoʻrqinglar! Kufrning maqsadlari yoʻlida oʻz birodarlaringni qurbon qilib, ularni rozi qilish yoʻlida musulmonlarga aziyat yetkazishda bir birlaring bilan musobaqalashishdan tiyilinglar!!! Aks holda xor boʻlasizlar!