Din ishlari boʻyicha davlat komissiyasi daʼvat ishlarini olib borishga taqiq qoʻyuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. “Qirgʻiz respublikasida eʼtiqod erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida” deb nomlangan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
“Uyma-uy yurib oʻzining diniy qarashlarini targʻib qilish qonunga muvofiq emas, prozelitizm – ruhiy va jismoniy taʼsir qilish, qoʻrqitish, zoʻrovonlik yoʻli bilan boshqa din vakillarini oʻz diniga qirgizishga qaratilgan harakatlar taqiqlanadi”,- deyiladi hujjatda.
Shuningdek qonun loyihasida, mazkur qonunlarni buzganlar maʼmuriy jazoga tortilishi belgilab qoʻyilgan.
Bundan tashqari, Din ishlari boʻyicha davlat idorasi diniy adabiyotlar, audio-video materiallar va elektron saqlagichlar (fleshkartalar), shuningdek, Qirgʻizistonga diniy tashkilotlar tomonidan olib kelingan diniy adabiyotlarga nisbatan din ishlari boʻyicha davlat idorasi tasdiqlagan nizomga muvofiq diniy ekspertiza tayinlash va amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
Turkiston:
“Tabligʻ” jamoatini ekstremist tashkilotlar qatoriga kiritishi uchun Qozogʻiston va Rossiya hukumatlari tomonidan Qirgʻizistonga har tomondan bosim oʻtkazib kelinyapti. Tabligʻ jamoati oʻz faoliyatidagi har bir harakatini hukumat kuch tizimlarining ruxsati va nazorati ostida ochiq olib borishadi. Shunga qaramay, turi toʻsiqlarga uchramoqda. Chunki xalqaro siyosat Islom va musulmonlarga qarshi harakatlanmoqda. Shuning uchun “Tabligʻ jamoati” boʻladimi yoki Misrdagi “Ixvonul muslimin” boʻladimi, olamiy kufr sistemasi har bir islomiy harakatda oʻzi uchun xavf xatar koʻradi! Bu islomiy jamoalar kufr sistemasi asosidagi hukumatlar bilan aloqalarini har qancha mustahkamlashmasin va ular bilan birlashib, xalq manfaatini himoyasi uchun paralel harakatlanishmasin, jamiyatda islomiy manfaatlar roʻyobga chiqmaydi. Masalan, Mursiy boshchiligida “Ixvonul muslimin” jamoasiga Misr hukumatini butunicha topshirib berilganida ham, Islomiy manfaatlar roʻyobga chiqmadi, aksincha, kufr avjiga chiqib, minglagan toza musulmonlar qatl qilinib, qamab yuborilganiga guvoh boʻldik.
Qirgʻiziston ham, bachchavozlikni taʼqiqlamagan, fohishalarni himoya qiluvchi, aroq savdosini halol qilib olgan kufr sistemasiga asoslangan hokimiyat bilan xalqni boshqarib kelyapti. Bunday hukumat bilan hamkorlik asosida faoliyat olib borish orqali Islom va musulmonlarni oliy qilish mumkin emas. Aksincha, Islom va musulmonlarga qarshi yuritayotgan siyosati va harakatlarida hukumatni muhosaba qilib turish kerak. Uning zulmi ostida ezilayotgan musulmonlar bilan birga turib, barcha islomiy harakatlarimizda malomatchining malomatidan qoʻrqmay, haq yoʻlda sunnatga muvofiq harakatlanishimiz va xuddi sahobalardek sabr va matonat koʻrsatishimiz kerak.
Biz, yaʼni barcha islomiy harakat vakillari va shaxs sifatida daʼvat yukini koʻtarib chiqqan musulmonlar, oʻz faoliyatlarimizda faqat Ollohga tavakkul qilib, bir birimizni haq ustida kufr siyosatidan himoya qilishimiz lozim. Shuningdek,barchamiz bir tanu-bir jon boʻlib, Ollohning “sizlar bir biringiz bilan aka ukasiz” degan xitobiga labbay deb javob qigan holda, jamiyatimizda islomiy qadriyatlarimizni, daʼvatni va musulmonlar manfaatlarini himoya qilib borishimiz kerak. Islomiy daʼvatni kufr hamkorligi va himoyasi ostida olib borish mumkin emas. Chunki kufr sistemasi islomiy faoliyatdan faqat oʻzining manfaati yoʻlida foydalanmoqchi boʻladi. Kuch tizimi va davlat apparati kufrning qoʻl ostida boʻganligi sababli kufr sistemasi manfaatiga zid boʻlgan yoki kufrga xizmat koʻrsatishdan bosh tortayotgan barcha islomiy hatti-harakatlarga taʼqiq qoʻyadi. Bundan tashqari, olamiy yetakchi davlatlar manfaatiga muvofiq, islomiy harakatlarga muomilasi oʻzgarib qolishi ham mumkin. Yuqorida, hatto hech qanday xavf xatar paydo qilishi mumkin boʻlmagan daʼvat uslubi boʻlgan harakatlarga ham taʼqiq kiritish haqida qonun chiqarish taklifi kiritilyapti.
Har qanday islomiy harakat biz uchun oʻta muhimboʻlganidek, har qanday kufr asosidagi harakatlar biz uchun oʻta xavfli va zararlidir. Bu harakatlar hatto musulmonlar tarafidan amalga oshirilayotgan boʻlsa ham. Shuning uchun davlat tomonidan xalq maslahatiga tashlangan daʼvatga toʻsiq qoʻyilishi haqidagi barcha fikrlar musulmonlar tarafidan inkor qilinishi kerak. Bu, hatto saylov oldidan biror qabih manfaatni koʻzlab kiritilgan xos loiha asosida ishlab chiqilgan nayrang boʻlsa ham yoki xalqaro siyosat tomonidan bosim berilishi ostida ishlab chiqilgan majburiy koʻrsatma asosidagi yoʻnalish boʻlsa ham farqi yoʻq.
Musulmonlar diqqatiga: daʼvat va daʼvatchilarni zulm va zolimlardan himoya qilish har bir musulmon uchun farzi kifoyadir. Biroq himoya qilish uchun kuch quvvat yetarli va natijali boʻlmayotgan ekan, demak har bir musulmon uchun ularni himoya qilishga bor imkoniyati bilan harakat olib borish vojib boʻlib turaveradi!!!