Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Turkiyaning AQSh va Yevropa Ittifoqi bilan aloqalari va Suriyadagi urush haqida Al-Jazira axborot agentligiga intervyu berdi. AQSh prezidenti Donald Tramp bilan oʻtkazgan telefon suhbati haqida toʻxtalgan Erdugʻon PYD va YPG borasida AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Turkiyani aldaganligini daʼvo qildi.
“Ilgari ham ular (amerikaliklar) bu masala boʻyicha, yaʼni terrorchi tashkilotlarga qarshi kurashda bizning hamkorligimiz zarurigi haqida aytishgan edi. Endigi amalga oshiradigan uchrashuvimizda bu masala xususida yuzma-yuz batafsil toʻxtalamiz va albatta biz ularga bir qancha hujjatlarni ham taqdim qilamiz. Avvalgi uchrashuvlarda PKK masalasida kelishuvlar tuzilgan. Obama davrida ham bu borada kelishuvlarimiz bor edi. Ammo afsuski Obama PYD va YPG borasida bizni aldadi. Biroq AQShning hozirgi maʼmuriyati yana shunday yoʻl tutishi ehtimoldan uzoq deb bilaman”, dedi Erdogʻan.
Turkiya prezidenti Tramp davridan umidi borligini bildirdi va Trampning “Siz bilan juda muhim ishlar qilamiz”, degan soʻzi mana shunga dalolat qilishini taʼkidladi.
Turkiston:
Erdugʻonning “Obama bizni aldadi, ammo AQShning hozirgi maʼmuriyati yana shunday yoʻl tutishi ehtimoldan uzoq deb bilaman” degan gapi soxtakorlik va oʻz xalqni adashtirishdan boshqa narsa emas. Chunki AQSh mabdaiy davlatdir. Shuning uchun uning loyihalari, doktrinalari va boshqa davlatlarga boʻlgan munosabatlari prezidentning oʻzgarishi bilan osonlikcha oʻzgarib ketavermaydi. Faqatgina uslublarda bir qancha oʻzgarishlar boʻlishi mumkin.
Agar rostdan ham “aldadi” deb eʼtibor qilingan taqdirda ham, aslida aldagan Obama emas, balki Amerika davlatidir. Ammo Erdugʻon – bundan yaxshigina xabardor boʻlsa ham – AQSh davlati bizni aldadi deya olmaydi. Chunki AQSh bilan yana hamkorik qilishga tayyor turibdi.
Aslida eng katta xato mana shuning oʻzidir, yaʼni azizlikni Allohning huzuridan emas, Uning dushmanlarining huzuridan izlashdir. Ularning huzurida xorlikdan boshqa narsa yoʻq. Allohni qoʻyib, ularni doʻst tutishning oʻzi haqiqiy xorlikdir. Qaysi zamonda kufrga yon bosgan musulmon aziz boʻlgan?! Islom davlati oʻz tarixida qoʻlga kiritgan azizliklar kufrga yaltoqlanish yoki Yevropa ostonasida 54 yil kutish bilan emas, balki Allohga talpinish va uning ahkomlariga boʻysunish bilan qoʻlga kiritilgan edi.