“Uyushtirilgan spektakl”

537
0

“Kun.uz” saytining xabar qilishicha, Sankt-Peterburg metrosidagi teraktga aloqadorlikda gumonlanib qoʻlga olingan Akram Azimov Oʻsh shahridagi xususiy klinikadan Qirgʻizistonda maxsus xizmati xodimlari tomonidan olib ketilgan. Bu haqda klinika bosh shifokori maktubida keltirib oʻtilgan.
FSB esa Azimov Moskvada qoʻlga olingani haqida maʼlum qildi.

RBK nashrida yozilishicha, Akram Azimov 15 aprelь kuni Oʻshdagi shifoxonadan Qirgʻiziston Davlat xavfsizlik qoʻmitasi xodimlari tomonidan olib ketilgan. Bu haqda “Xosiyat” klinikasi Zina Karimova va davolovchi shifokor Sanjarbek Toʻxtashev imzosida yozilgan maktubda bayon etilgan. Bu maktubdagi soʻzlar Azimovning otasi Ahrol Azimov tomonidan tasdiqlangan.

Xatda aytilishicha, 13 aprelь kuni soat 12:20da Akram Azimov klinikaga kelib, nafas olish yoʻllaridagi muammodan shikoyat qilgan. 15 aprelь kuni uni jarrohlik amaliyotidan oʻtkazishgan. Xuddi shu kuni soat 15:35da uni Qirgʻiziston MXDQning 3 xodimi olib ketgan. Bir necha soatdan keyin u qaytarilgan, ammo keyin yana olib ketishgan.
“Qoʻmita xodimlari bizga guvohnomadan boshqa hujjat koʻrsatishmadi”,- deyilgan maktubda.

Ikki kun oʻtsa ham Azimov qaytarilmagan, uning tibbiyot tarixini yopishga toʻgʻri kelgan.

“Uning davolanish jarayoni davom ettirilishi kerak edi”,- deya qayd etishgan shifokorlar.

“Ha, uni MXDQ xodimlari olib ketishdi va qaytarishmadi. Familiyalarni aytishmadi, shifokorlarga tahdid ham qilindi- ular shunday deyishdi: “Seni ham olib ketishimizni istaysanmi?” Keyin uning onasi keldi, biz unga voqeani aytdik”,- degan RBK muxbiriga “Xosiyat” klinikasi shifokori.

Federal xavfsizlik xizmati Azimov 19 aprelь kuni Novaya Moskva hududida qoʻlga olingani haqida eʼlon qilgandi. RT telekanalida uning qoʻlga olinishi jarayoni tasviri berildi.

“Uyushtirilgan spektakl”
Azimovning shifoxonadan olib qochilgani toʻgʻrisida avvalroq uning qarindoshlari ham maʼlumot berishgandi.

“Uni shifoxonadan 15 aprelь kuni olib ketishgan va keyin spektaklь uyushtirilgan, xuddiki uni Moskva yaqinida qoʻlga olishgan”,- degan RBK nashriga sud majlisidan oldin gumonlanuvchining otasi Ahrol Azimov.
U RBK muxbiriga oʻgʻlining Domodedovo aeroportidan S7 aviakompaniyasi reysi orqali 27 mart kuni Oʻshga uchib kelgani haqidagi talonni ham koʻrsatgan. U keyin Rossiyaga qaytmagan.

Akram Azimovning shifoxonaga yotqizilganidan keyin yoʻqolib qolgani haqida “Interfaks” agentligiga uning ukasi Bilol Azimov va onasi Vazira Mirzaxmedova ham aytib oʻtgandi. Aniqlanishicha, Azimovda Moskvaga yoʻl olish uchun pasporti ham va chipta uchun pul ham boʻlmagan.

“Barcha savollar – Rossiya Tergov qoʻmitasiga va FSBga. Menga bu masalada murojaat qilmang”,- degan Qirgʻiziston Davlat Xavfsizlik qoʻmitasi rasmiysi Raxat Sulaymanov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.