Musulmonlar quvgʻin qilingan yerlardan neft va tabiiy gaz topilmoqda

931
0

Neft va gaz boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib boradigan xalqaro kompaniyalar orasida Myanmaga nisbatan qiziqish kuchaymoqda. Britaniya va Myanma firmalari Arakanda, yaʼni musulmonlar yashab kelgan va hozirda dahshatli qirgʻinga uchrab, badargʻa qilingan mintaqada neft va gaz boʻyicha tadqiqot ishlari uchun qoʻshma faoliyat boshladi. Britaniyaning “James Fisher and Sons” shirkati bilan Myanmaning “Royal Marine Technology” firmasining vakillari “Sule Shangri-La” mehmonxonasida qoʻshma korxona tashkil etish bitimiga imzo chekishdi.

“Juda tez orada xorijiy xizmatlar Myanmada kengaya boshlaydi. Shu sababli mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish uchun birinchi qadam sifatida shartnoma imzoladik. Angliya shirkati bu yerda oʻrnashish uchun bizning shirkatimiz bilan birgalikda ish olib bormoqda”, dedi Myanma firmasining bosh menejeri Myint Aun.

Myanma hukumati Arakanlik musulmonlarni oʻz qishloqlaridan nima uchun quvgʻin qilganligi oshkor boʻlib bormoqda. Vahshiy butparastlar uylariga ham, oʻzlariga ham oʻt qoʻyib, oʻz yerlaridan quvib chiqargan Rohingya musulmonlari yashagan mintaqadan katta miqdorda tabiiy gaz va neft topilgani aytilmoqda. Musulmonlarga nisbatan dahshatli jinoyatlar sodir etilgan va yerlari tortib olingan 18 mintaqada 3,2 milliard barrel neft zaxirasi va 90 trillion kubmetr tabiiy gaz zaxirasi topilgan. Britaniya savdo va investitsiya agentligining hisobotiga koʻra, Myanmaning tasdiqlangan zaxiralari deyarli Hindiston zahiralari bilan bir xil darajada. Hozirgacha topilgan tabiiy gaz va neft konlarini uchdan ikki qismi Rohingya musulmonlari yashab kelgan mintaqalarga toʻgʻri keladi.

Janubiy Koreyaning Daewoo neft shirkati Musulmonlarning yeri boʻlgan Arakan poytaxti Akyabning 120 kilometr janubida joylashgan Kyaukpyu yalangliklarida 2004 yilda oʻtkazgan qidiruvida 1,2 trillion kubmetr tabiiy gaz topishga muvaffaq boʻldi.

Myanma nefti va tabiiy gaziga asosan Xitoy xaridordir. Myanma va Xitoy oʻrtasida bir yilda 2 milliard kubmetr tabiiy gaz va 22 million tonna neft oʻtadigan alohida ikki quvur 2014 yilning oxiridan boshlab ishga tushdi. Arakan poytaxti Akyabda neft tankerlarini boʻshatadigan ulkan port va energiya terminallari qurildi. Yotqizilgan quvurlar Malaka boʻgʻoziga muqobil ravishda Xitoyning Singapur va Malayziyaga qaramligini kamaytiradi. Myanma esa bu loyihadan 29 milliard dollar daromad oladi. Buning evaziga 5620 kvadrat klometr yerni oʻz ichiga olgan quvurlar va ularning atroflari Myanma hukumati tarafidan harbiy zona deb eʼlon qilinib, himoya ostiga olinadi. Myanma hukumati bu yerga 13500 askar joylashtiradi. Quvur oʻtgan qishloqlarning aholisi esa evakuatsiya qilinadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.