Atambayev: “Islom davlati”ga qarshi butun musulmon dunyosi kurashishi kerak

451
0

Atambayev: “Islom davlati”ga qarshi butun musulmon dunyosi kurashishi kerak

Atambayevning soʻzlariga koʻra, agar Gʻarb bugungi kunda u yoki bu davlatga oʻz tartib-qoidalarini singdirishga harakat qilmasa koʻngildagidek boʻlur edi

Almazbek Atambayev “Mir” teleradiokompaniyasiga bergan intervьyusida aytishicha, “Islom davlati” yoʻq qilinadigan taqdirda, uning oʻrniga yangi terrorchilik uyushmasi paydo boʻladi, shu bois islomiy davlatlar oʻz aholisiga taraqqiyotning muqobil variantini taklif qilishlari lozim.

“Bu masala global yondashuvni talab qiladi. Eng birinchi navbatda, musulmon dunyosining oʻzida bu gʻoyaga qarshi kurashishlariga erishish lozim. Bir-ikki yilda “ID”ni yoʻq qilish mumkin, ammo oʻylashimcha, uning oʻrniga boshqa allaqanday uyushma paydo boʻladi. Nega deganda, bugun islomiy mamlakatlarda odamlarda boshqa tanlov yoʻqligining guvohi boʻlib turibmiz: bir tomondan oʻsha davlatlarda, faqat oʻzi boyishni koʻzlagan allaqanday monarxiya yoki avtoritar rejim hukm surayotgan boʻladi, boshqa tomondan esa islomiy sotsializm yoki umumiy tenglik gʻoyasini taklif qilayotgan ID islom xalifaligi koʻrinish berayotgan boʻladi”,- deb qayd etgan Atambayev.

“Biz bugungi kungacha Gʻarb odamlarning mentalitetini, u yoki bu davlat tsivilizatsiyaning qaysi bosqichida turganini hisobga olmagan holda oʻz tartiblari, qadriyatlarini singdirishga harakat qilayotganiga guvoh boʻlmoqdamiz. Iroq, Suriya va Liviyada bugungi ahvol mana shu suqilish natijasidir. Mening fikrimcha, hech kim u yoki bu davlatga oʻz qarashlarini singdirishga harakat qilmasa yaxshi boʻlur edi. Har bir davlat birinchi navbatda oʻzining muammolari bilan shugʻullanmogʻi lozim”,- degan Atambayev.

Bundan tashqari, Atambayev bergan intervьyusida, AQSh yetakchiligidagi koalitsiyaning Afgʻonistonda “Tolibon”ga qarshi olib borgan kurashi KXShT mamlakatlarida narkotrafik oʻsishiga sabab boʻlganini aytib oʻtdi.

“Nima uchun giyohvand moddalar aylanmasi ortdi, nima uchun Afgʻonistondan boshqa mamlakatlarga bu kabi moddalar yetkazib berilishi kuchaydi? Chunki, “Tolibon” ozmi-koʻpmi nasha ekilishi, bu kabi oʻsimliklar yetishtirilishiga qarshi kurashib keldi, ularning oʻrniga kelgan amerikaliklar yetakchiligidagi koalitsiyaning bu bilan ishi boʻlmadi”,- degan Atambayev.

Uning qayd etishicha, oʻtgan davr mobaynida opiy makini ekish, opiy dalalari bir necha marotaba ortgan boʻlsa kerak.

“Bu yillar uchun biz, Afgʻonistonda tartib oʻrnatmoqchi boʻlganlarga “tashakkur bildirishimiz kerak”. Kim nima desa-desin, natija aniq. Bu yerda shunday qoidaga amalga qilingan: biror narsa qilaylik, keyin koʻramiz. Mana bilganini qilishdi. Aziyatini bizlar chekayapmiz. Oʻylaymanki, bu yomonlik bilan qilinmagan, garchi xayolga turli fikrlar kelib tursa-da”,- degan davlat rahbari.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.