Putin: MDH davlatlari terrorchilik hujumlari uchun asosiy nishondir
RF prezidenti Putin 5 aprel kuni Moskvada MDHga aʼzo mamlakatlar xavfsizlik idoralari va razvedka xizmatlari rahbarlari bilan oʻtkazgan uchrashuvda, bugungi kunda “terrorchilar” hujumi barcha MDH mamlakatlariga xavf solayotganini taʼkidlab oʻtgan. U xalqaro “terrorizm” va “ekstremizm”ga qarshi samarali kurashish uchun maxsus xizmatlarning oʻzaro tigʻiz aloqada boʻlishi zarurligi haqida aytib oʻtgan.
“Koʻrib turganingizdek, vaziyat yaxshi tomonga oʻzgarmayapti. Buning tasdigʻi – yaqinda Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan fojialar. Terrorchi hujumi oqibatida odamlar qurbon boʻldi, koʻp kishi jarohat oldi”,- degan Vladimir Putin .
Rossiya prezidentining fikricha, MDH mamlakatlariga terrorchilikdan boshqa yana bir necha xavflar tahdid solmoqda. Ular orasida uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik, korruptsiya va davlatlar ichki siyosatiga tashqaridan aralashish kabi xatarlar bor.
Vladimir Putin bugungi kunda MDH mamlakatlari xavfsizlik xizmatlari oʻrtasida juda yaxshi hamkorlik munosabatlari oʻrnatilganini qayd etgan.
Turkiston:
Putin Oʻrta Osiyo davlatlariga “emagan somsalari” uchun pul toʻlatmoqchi. U, Rossiyani xalqaro siyosiy arenasidan sirgʻanib tushib borayotgan holatidan saqlab qolish uchun Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Tojikiston kabi oʻz taʼsiri ostida boʻlgan mamlakatlarga bosim oʻtkazish orqali ulardan, Gʻarb olamiga qarshi global qarshilik fronti tuzib olmoqchi. Buning uchun xavfsizlik koordinatsiyalik aloqalar kuchaytirilishi yoki oʻsha davlatlarning xavfsizlik tizimlari Rossiyaning FSBsi taʼsiri ostida ish olib borishga rozi boʻlishlari kerak. Yaʼni, Peterburgda boshlangan qoʻporuv amaliyotlari butun koalitsiyalik front boʻylab davom etib borishi kerak. Shuningdek, Rossiya Oʻrta Osiyo ishchi muhojirlarini elakdan oʻtkazib borayotganida, Oʻrta Osiyo mamlakat xavfsizlik kuchlari ham “islomiy xavf xatarlarga hamkorlikda qarshi kurash” nomi ostida harakatlarni kuchaytirib borishlari kerak. Buning uchun ushbu koalitsiya mamlakat xavfsizlik xizmatlari ham, oʻz yurtlarida fuqorolarini islomiy harakat vakillaridan xavfsiraydigan holatni paydo qilib olishlari kerak boʻladi. Yaʼni ular ham bir qator qoʻporuv amaliyodlari uyushtirib, matbuot hujumlari ostida Rossiya singari yolgʻon xabarlar tarqatib, xalqlarini buzuq muhitga ishontirishga harakat olib borishlari kerak.
Putin bu davlat rahbarlarini, “…aks holda Gʻarb saqofati ustimizga bostirib kirib, barcha mintaqada rangli inqilob uyushtirishadi”, deb ishontirmoqchi boʻlyapti. Aslida bostirib kirib kelayotgan Gʻarb saqofatiga qarshi, faqat oʻz saqofatining asosi boʻlgan mafkuraviy kurash asosida qarshilik qilishi kerak edi. Lekin vaziyat haqiqati unday emas. Putin, faqat oʻzining yetakchi rejimini saqlab qolish uchun qaygʻuryapti! Faqat oʻzini va boyligini saqlab qolish uchun biz tomondan va bizlarning qoʻllarimiz bilan oʻz fuqorolarimizni portlatib yuborishimizni talab qilyapti. Putinning talabiga koʻra, bu ish butun bir mintaqani oʻzi ichiga olishi lozim, faqat Rossiyaning oʻzini ham emas!
Biz tahlillarimizda, vaziyatga koʻra Putin tomonidan Rossiya boʻylab qator qoʻporuv ishlari uyushtirilishi haqida aytib kelayotgan edik. Bir oz adashgan koʻrinamiz. Putin bu safar nafaqat Rossiya boʻylab, balki Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo boʻylab portlatish ishlarini rejalashtirayotganga oʻxshaydi. U mintaqada xavfsizlik hamkorligi hayotiy zarurat boʻlib qoldi deb, barcha xavfsizlik tizimlarini oʻz taʼsiri ostiga olmoqchi.
Putin bu maqsadiga erishish uchun ushbu davlatlarning ichki ishlariga ochiq va bevosita aralashishi kerak boʻladi. Bunga erishish oson ish emas. Demak endigi bularning harakatlari, shu maqsadni roʻyobga chiqarish uchun muhit tayorlashga qaratiladi. Yaʼni vaziyatni chalkashtirib yuborish, qoʻporuv xatarlarini paydo qilaverish bilan fuqorolarini doimiy qoʻrquvda ushlab turish, vanihoyat qator qoʻporuv amaliyotlari uyushtira boshlashga qaratiladi. Putin, faqat shu yoʻl bilan oʻzimizni Gʻarb saqofiy inqilobiy yurishidan saqlab qola olamiz, deb, Oʻrta Osiyo davlat rahbarlarini ishontirmoqchi boʻlyapti. U, faqat oʻzi uchun kelayotgan xavfni, barchamiz uchun xavfli vaziyat deb jar solyapti. Aks holda ishchi muhojirlaringni qaytara boshlayman, shunda sizlar ishsizlar koloniyasiga aylanib qolasizlar, deb zimdan qoʻrqitib kelyapti. Shunga qaramay Putinning hozirgi dunyo siyosatidagi va ichki siyosatidagi ahvoli yaxshi emas.