Bortnikov: Terrorchilarning asosiy qismi mehnat migrantlari qatorida kelgan

419
0

Bortnikov: Terrorchilarning asosiy qismi mehnat migrantlari qatorida kelgan

“Sputnik”ning xabar qilishicha, Federal xavfsizlik xizmati (FSB) rahbari Aleksandr Bortnikov Antiterror qoʻmita majlisda Rossiyaga kirib kelayotgan terrorchilarning asosiy qismi mehnat migrantlari orasida ekanligini taʼkidladi.

“Bizning qoʻlimizda boʻlgan maʼlumotlarga koʻra, terrorchi guruhlarning asosiy qismini mehnat migrantlari qatorida kirib kelayotgan MDH fuqarolari tashkil qilmoqda”, -dedi Aleksandr Bortnikov.

FSB rahbarining soʻzlariga koʻra, migrantlar orasida terrorchilarni yollash faoliyati keng yoʻlga qoʻyilgan. Olingan maʼlumotlarga koʻra, “IShID” tarafdorlari Rossiyada bir necha teraktlar uyushtirishga tayyorgarlik koʻrgan.

Bortnikov, shuningdek, Rossiya chegaralarida va kirish-chiqishni nazorat qilish punktlarida qoʻshimcha xavfsizlik choralari kerakligini taʼkidladi.

FSB rahbari migratsiya sohasida ishlayotgan amaldorlarning va migrantlar mehnatidan foydalanayotgan biznes vakillarining javobgarligini oshiruvchi choralar qabul qilishga chaqirdi.

Turkiston:

Putin rejimi Sankt-Peterburgda amalga oshirilgan portlashdan soʻng bir oʻq bilan bir nechta “quyonni ovlashga” harakat qilmoqda. Birinchidan, metroda amalga oshirilgan portlash ortidan Rossiya davlat Dumasi 4 aprel kuni mitinglarga moratoriy joriy etish taklifi bilan chiqdi. Miting oʻtkazishni man qilish orqali esa odamlarga oʻz noroziliklarini bildirib koʻchalarga chiqishni taqiqlash mumkin boʻladi.

Ikkinchidan, metrodagi portlash – garchi bu portlashni maxsus xizmatlar amalga oshirgani kundek ravshan boʻlsa ham – kelib chiqishi Qirgʻizistondan boʻlgan mehnat muhojiri Akbarjon Jalilovga yuklandi. Bundan Rossiya hukumati muhojirlar oqimini nazorat qilish va oʻzi shundoq ham hech qanday haq-huquqqa ega boʻlmagan mehnat muhojirlariga nisbatan bosimni yanada kuchaytirish yoʻlida foydalanishga harakat qilmoqda.

Uchinchidan, 3 aprel kuni metroda portlash amalga oshirilgan boʻlsa, 4 aprel kuni Moskvada MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur yigʻilishidan soʻng xavfsizlik xizmatlarining barcha rahbarlari istisnosiz tarzda Sankt-Peterburgdagi terakt boʻyicha olib borilayotgan tergov ishlarida yordam berish taklifi bilan chiqishdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.