Saknt-Peterburg metrosidagi portlashni xudkush amalga oshirgan emas
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Sankt-Peterburg metrosidagi potlash boʻyicha dastlabki xulosani maʼlum qilishdi. Mutaxasisslarning fikriga koʻra, portlovchi moslama xudkush tomonidan harakatga keltirilgan emas.
“Bunday xulosaga kelinishga xodisa joyida xudkushning jasadi topilmagani asos boʻldi. Bilasizmi, agar inson oʻzida portlovchi qurilmani harakatga keltiradigan boʻlsa, aytish mumkinki, u oʻziga xos tan jarohati oladi. Shunchaki, ularni adashtirib yuborish mumkin emas”, – dedi “REN TV”ga xulosadan xabardor manba.
Shuningdek, ekspertlar bomba nimadan tashkil etilgani toʻgʻrisida ham xulosa bildirishdi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, portlovchi modda 300 gramm trotil ekvivalenti quvvatiga ega boʻlib, inson tanasiga jarohat yetkizuvchi kichik metal jismlar bilan qoplangan boʻlgan. Portlash quvvati kuchli boʻlmaganini portlash sodir boʻlgan vagon “shishish taʼsir” deb ataluvchi shikast olmaganligi ham tasdiqlab turipti.
“Esingizdami, bir necha yil oldini Moskva metrosida sodir etilgan terakt natijasida vagonlar qanday holga tushgan edi. Bugungi portlash – ancha kuchsiz”,- deya tushintirib oʻtdi mutaxassis.
Dastlabki xulosalarga koʻra, jinoyatchilar bombani metro vagonida qoldirib ketishgan. Portlash taymer yordamida amalga oshirilgan boʻlishi mumkin.
Maxsus xizmat tahminicha, jinoyat ortida tarqoq, oʻzaro bogʻliqligi yoʻq “muxtor oʻng qanot faollari” deb nomlangan neo-neonatsist guruhlar turgan boʻlishi mumkin.
“Qayerdadir biror narsani portlatishadi, qayerdadir kimnidir oʻldiradi. Dastavval ular koʻpchilik edi, ammo keyinchalik juda koʻpi panjara ortiga tashlandi. Hozir avlod almashishi roʻy berdi, yangilari paydo boʻldi”,- dedi REN TV suhbatdoshi.
Turkiston:
3 aprel kuni amalga oshirilgan Peterburg shahar metrosidagi qoʻporuv amaliyoti ortidan, yuzlagan Oʻrta Osiyo migrantlari taʼziyq ostiga olinmoqda. Xudqushlik bilan oʻzini portlatib yuborganlikda ayblanayotgan shaxs Rossiya fuqorosi Akbarjon Jalilov ekanligi barcha rus rasmiy axborot vositalari tarafidan eʼlon qilib yuborildi. U yigit Qirgʻizistonda tugʻulib, keyin Rossiyaga koʻchib kelgan ekanligini daʼvo qilib, Qirgʻiz hukumatini ham beʼzovta qilishdi. Vaholangki, marhum Jalilovning jasadi, uning oʻzida portlovchi moddani portlatmaganini koʻrsatib turgan ekan. Xudkushchining jasadi bir necha boʻlaklarga boʻlinib ketishi kerek edi. Buni Qirgʻizistonda Xitoy elchixonasini eshigi oldida mashinada oʻzini portlatib yuborgan xudqushchining bir qoʻli 50 metr narida yotganini rasmiy telekoʻrsatuvdan koʻrgan edik.
Rossiya xavfsizlik xizmati hali hech qanday ekspertiza xulosasi chiqmay turib, A. Jalilovni aybdor deb eʼlon qilib, u bilan aloqada boʻlgan barcha tanishlarini xunuk holatda qamoqqa ola boshladi. Eʼtibor bersangiz, uning qoʻl telefoni portlab ketgan boʻlishiga qaramay, u bilan telefon orqali aloqada boʻlgan odamlarni qamashyapti. Demak bu yigit ilgaridan maxsus xizmat nazorati ostida yurgan.
Yuqoridagi ekspertiza xulosalari eʼtiborga olinsa, rus rasmiy mulozimlari Qirgʻizistondan va Jalilovlar oilasidan kechirim soʻrashlari va oʻldirilgan Akbarjon uchun xun toʻlashlari kerak boʻladi. Albatta rus tomoni Qirgʻiziston mamlakatini, fuqorolarini va davlatini hurmat qilsa!!!