Sakkiz yuzdan ortiq amerikalik Saudiya Arabistoni ustidan daʼvo arizasini berdi

845
0

Sakkiz yuzdan ortiq amerikalik Saudiya Arabistoni ustidan daʼvo arizasini berdi

“Sputnik” saytining xabariga koʻra, 2001 yil 11 sentyabr teraktlarida qurbon boʻlgan bir guruh insonlarning qarindoshlari Saudiya Arabistoniga qarshi daʼvo arizasini berdilar. Ular saudiyachilarni “Al-Qoida” terrorchilik guruhini moliyalashtirishda va qoʻllab-quvvatlashda ayblamoqda.

800 kishi nomidan berilgan 135 betlik arizada teraktlar natijasida qurbon boʻlgan va jabrlangan insonlarning va ularning qarindoshlarining ism-shariflari sanab oʻtilgan. Daʼvo arizasi dushanba kuni Manxettendagi federal sudiga berilgan. Daʼvogarlar qirollik hukumatidan yetkazilgan zarar uchun moliyaviy kompensatsiya talab qilishmoqda. Moddiy tovon miqdori hozircha maʼlum qilinmayapti.

“Saudiya Arabistoni ikki yuzlamachilik qildi. AQSh oldida va Gʻarbning boshqa davlatlari qarshisida u “Al-Qoida” va terrorchilikka qarshi kurashayotgan davlatdek koʻrsatdi oʻzini. Ammo shu bilan birga, ushbu hujjatda keltirilganidek, Saudiya Arabistoni hukumati nomidan ish olib boruvchi shaxslar “Al-Qoida”ga kattagina yordam berib kelishgan”,- deyiladi daʼvo arizasi matnida. Shuningdek, Saudiya Arabistoni koʻmagisiz, terrorchilar 11 sentyabrda yuz bergan teraktlarni amalga oshiraolmagan boʻlishlari qayd etilgan.

Eslatib oʻtamiz, prezident Barak Obamaning taʼqiqiga qaramay AQSh Kongressi 2001 yil 11 sentyabr teraktlarida qurbon boʻlganlarning oilalariga Saudiya Arabistoni ustidan davo qilish huquqini beruvchi qonunni qabul qilgach, AQSh poytaxtida yashovchi Stefani Ross Desimon tomonidan yozilgan daʼvo eng birinchisi boʻldi. Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligining fikricha, AQSh tomonidan qabul qilingan qonun yuz yillar davomida xalqaro munosabatlarning asosini tashkil qilgan suveren davlat tamoyillariga jiddiy putur yetkazmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.