Terrorizmga qarshi kurash davlat dasturi ishlab chiqildi

683
0

Terrorizmga qarshi kurash davlat dasturi ishlab chiqildi

Qirgʻiziston hukumati matbuot xizmatining xabar qilishicha, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha davlat dasturining yakuniy varianti ikki haftadan soʻng taqdim qilinadi.

“Sputnik” sayti xabariga koʻra, Bosh vazir oʻrinbosari Jenish Razakov juma, 3 mart kuni dastur loyihasini ishlab chiqish boʻyicha muassasalararo ishchi guruh aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Razakov, xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari uchun katta tahdid boʻlib, tegishli davlat organlari tomonidan kompleks chora-tadbirlar qabul qilinishini talab qiladi. Shuning uchun ham davlat dasturining qabul qilinishi oʻta muhim ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Turkiston:

Qirgʻiziston siyosatida yana krizis holati kuchayib boryapti. Har safar hokimiyat almashib ketishi mumkin boʻlgan holat paydo boʻlayotganida, hukumat vaziyatdan qutulib qolish maqsadida Islom va musulmonlarga boʻhton uyushtirish loihalarini ishlab chiqadi. Maqsadi, oʻz jinsidan boʻlgan muxolif quvvatga qarshi kurash imkoniyatini kuchaytirib olishdir. Yaʼni musulmonlar tomonidan yolgʻon xavf xatar kelayotgandek muhit paydo qilib, ekstremistik harakatlarga (kuch bilan hokimiyatni bosib oluvchilarga) qarshi yangi qonun va dasturlar qabul qilib olish.

“Ekstremistik” harakatlar deganda ular, “toʻsatdan yuzaga kelgan har qanday fovqulodda holatlardan foydalanib, noqonuniy yoʻllar bilan hokimiyatni egallab olish yoki shunga harakat qilish” degan tushunchani aytishadi. Hozir ham, ilgarigi ikki marotaba – oʻzlalarining taʼbiri bilan aytganda – “ekstremistik” yoʻl bilan hokimiyat bosib olinganida ham, musulmonlar hokimiyatni noqonuniy yoʻl bilan qoʻlga kiritish uchun urinib ham koʻrishmagan. Hech qachon, hatto siyosiy boʻshliq paydo boʻlib, musulmonlarda juda katta quvvat va imkoniyat boʻlib turganida ham bu kabi harakatlar musulmonlar tomonidan amalga oshirilgani kuzatilmagan!

Birinchi prezident Akayevni quvib yuborishganlarida, Omurbek Tekebayev “biz ekstremistik yoʻl bilan hokimiyatni olib qoʻydik, bu kabi jinoiy harakatni boshqa takrorlamasligimiz kerak” degan edi. Keyingi, ikkinchi prezidentni ham, xuddi avvalgisini quvganlaridek yana “ekstremistik” harakatlar bilan quvib yuborishdi. Ammo Tekebayev ham, boshqasi ham, bu jinoyatlari uchun xalq oldida oʻzlarini aybdor his qilishganlari yoʻq. Bu gal kechirim ham soʻrab oʻtirishmadi!

Endi uchinchi marotaba, yana “ekstremistik” kuchlar yigʻila boshlayapti. Ular orasida muxolif kuchlar ham, hokimiyat vakillari ham, avvalgi (quvgan yoki quvilgan) elita vakillari ham va avvalgi “ekstremist” qoʻzgʻalonchilar ham bor!

Yuqorida aytib oʻtilgan dastur aslida biz musulmonlarga qarshi emas, aksincha oʻzlariga qarshi ishlab chiqilyapti! Mustamlakachi Gʻarb sistemasini alaqsitish va gʻazabini keltirmaslik uchun, “terrorizm, ekstremizm” kabi oʻsha kofir xojalari topib bergan iboralardan foydalanib, musulmonlarga qarshi loihalar tuzushyapti. Qonunlar, faqat oʻz kreslolarini har qanday yoʻl bilan boʻlsa ham saqlab qolishni koʻzlagan hokimiyat vakillarining himoyasi va manfaatlariga xizmat qiladi xolos. Lekin bu iflos maqsadlariga erishish uchun bir qancha musulmonlarga aziyat berishadi. Hatto, qoʻporuv ishlarini amalga oshirib, musulmonlar nomidan odamlarga zarar yetkazishlari ham mumkin. Yaʼni bu amalparast iflos tabiatli yetakchi guruh oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun juda yomon ishlarga tayyor turishibdi.

Demak, yuqoridagi va yana boshqa shu kabi maʼnoni anglatadigan dastur va qonunlar aslida islomiy xavf xatar borligi uchun ishlab chiqilayotgani yoʻq. Balki, Islom va musulmonlarning olamiy himoya tizimi yoʻq ekanligidan foydalanib, demokratiyaga asoslangan quvvatlarni bartaraf etish kabi iflos maqsadlari yoʻlida ularni qurbon qilib yuborishmoqchi. Xuddi mustamlakachilar oʻz maqsadlariga erishish yoʻlida Arakan, Suriya, Falastin kabi islomiy oʻlkalarda musulmonlarni ommaviy qirgʻin qilish uslubini amalga oshirishayotganlari kabi, Qirgʻiziston ham musulmonlarga qarshi yolgʻon va yasama dastur ishlab chiqmoqchi. Ular kufr sistemasining asosiy quroli boʻlgan demokratik printsiplarga qarshi ish olib borishayotganlarini yashirib, Islom va musulmonlarni vosita qilib, kufr koʻrsatib bergan “terrorizm, ekstremizm” tariqati bilan bir birlariga qarshi kurash olib borishyapti.

Islom va musulmonlarning xorligining sababi islomiy manfaat va qadriyatlarni himoya qiluvchi islomiy davlatning yoʻqligidir! Buni, erkakni erkakka uylanishini qoralashdan qoʻrqadigan hokimlarimizning Islomni va musulmonlarni ustidan qoʻrqmay xohlaganlaricha boʻhton magʻzavalarini agʻdarib yuborish singari harakatlaridan anglab olish qiyin emas!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.