Rossiya Qirgʻiziston byudjetini barqarorlashtirish uchun 225 mln dollar ajratdi

899
0

Rossiya Qirgʻiziston byudjetini barqarorlashtirish uchun 225 mln dollar ajratdi

“Rossiya 24” telekanalining xabar qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya-Qirgʻiziston muzokaralari yakuni boʻyicha ushbu mamlakatga byudjetni barqarorlashtirish uchun grantlarning umumiy miqdori 225 million dollarni tashkil etganini maʼlum qildi.

“Rossiya Qirgʻizistonga byudjetni barqarorlashtirish maqsadida koʻmak bermoqda: tegishli grantlarning umumiy miqdori bugungi kunda 225 million dollarni tashkil qildi”,- dedi Putin.

Putinning aniqlik kiritishicha, Rossiya Qirgʻizistonga shuningdek Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi talablariga moslashish jarayonida faol ravishda yordam bermoqda.

“Qirgʻizistonga bojxona infratuzilmasi obʼektlarining modernizatsiyasi va chegara oldidagi punktlarni tartibga keltirish uchun 200 million dollarlik yordam taqdim etildi”,- deb qoʻshimcha qilib oʻtdi Putin.

Putinning taʼkidlashicha, respublikada amaldagi Rossiya va Qirgʻizistonning rivojlanish fondi tufayli umumiy qiymati 200 million dollardan koʻproq boʻlgan loyihalar amalga oshirilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.