Qirgʻiziston prezidenti kim boʻlishini Moskva ham, Vashington ham hal qilmaydi
Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev Euronews telekanaliga bergan intervьyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻz tashrifi davomida Kremlь uchun maqbul boʻlgan prezidentlikka nomzod koʻrsatishi haqidagi maʼlumotni “bemanilik” deb atadi.
“Bu haqda baʼzi bir siyosatchilar gapirmoqda, aynan ular mamlakatni shunday bemani holatga keltirib qoʻyishdi. Qirgʻiziston oʻz qoʻshnilariga qaram edi, ular gaz, elektr energiyasini yetkazib berishni toʻxtatib qoʻyishlari hamda chegaralarni yopib qoʻyishlari mumkin edi. Biz bugun umuman boshqa davlatmiz. Vladimir Putin buning uchun tashrif buyurmayapti. Bizda muhokama qiladigan masalalar yetarlicha. Kim prezident boʻlishini esa Moskva ham, Vashington ham hal qilmaydi. Menga ishonishingiz mumkin. Bu endilikda boshqa mamlakat, boshqa xalq. Biz oʻz masalalarimizni oʻzimiz hal qilamiz”, – deya qoʻshimcha qilib oʻtdi Almazbek Atambayev.
Xabarlarga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirgʻizistonga fevral oyi oxirida tashrif buyurishi kutilmoqda.
Turkiston:
Siyosiy bayonotlardan koʻzlangan maqsad baʼzida, siyosiy matnlarning aksini ifoda etadi. Atambayevning Bryusselga borishi va u yerda bir qancha olamiy siyosiy arboblar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, ulardan mamlakat uchun moliyaviy yordam soʻrashining oʻzi Qirgʻizistonning siyosati xalqaro siyosatga tobe ekanini koʻrsatib turibdi. Hatto yilning oxirida kutilayotgan saylovga ketadigan xarajatlarni ham ulardan soʻradi. Shundan keyin ham “biz mutloq erkin mamlakat boʻldik” deyish oʻta mantiqsiz emasmi?!
Qirgʻizistondagi yetakchi guruhning xalqaro siyosatga qaramligi kundan kunga ortib boryapti. Hokimiyat egalari muxolifatdan qutilish uchun, yaʼni Gʻarb mamlakatlari yoki Rossiya ularni qoʻllab yuborishidan qoʻrqib, ular taklif qilgan barcha hujjatlarni imzolab beryapti. Natijada davlatning strotegik tarmoqlari hamda mamlakat va xalq boyliklari oʻsha yetakchi kufr mamlakatlarining ixtiyoriga yoki tasarrufiga oʻtib ketyapti. Qumtorg tillo koni va Qirgʻizgaz tarmogʻini bekorga Rossiyaga hadya qilib yuborilishi va hokazo, bunga misol boʻla oladi. Mana shu bitimlarning hammasi faqat hokimiyatdagi kreslolarini asrab qolish uchungina imzolandi.
Xalqaro siyosat Qirgʻiziston singari mustamlaka mamlakatlarni olamiy boshqaruv sistemasining muayyan uslublari orqali atayin iqtisodiy krizis holatiga solib qoʻyadi. Soʻng, u mamlakatlarda iqtisodiy muammolar natijasida siyosiy qarama-qarshiliklar keltirib chiqarib, oʻzlariga tobe boʻlgan muxolif kuchlar paydo qilishadi. Keyin esa, bu muxolifat vakillarining siyosiy chiqishlarini va boshqa barcha norozilik aktsiyalarini moliyalab turish bilan, amaldagi hokimiyatga bosim oʻtkaza boshlashadi. Atambayevning yetakchi toʻpi ham xuddi shu yoʻl bilan hokimiyatga kelgan.
Shuning uchun Atambayev nochor ahvolga tushib qoldi. Gʻarbni rozi qilay, desa, Rossiyaning bosim qilishi kutilyapti. Rossiya tomonga bira toʻla oʻtib olay, desa, Gʻarb kapitalistlari muxolifatni moliyaviy qoʻllab yuborishi mumkin.
Atambayevning bayonoti aslida shu real voqelikni ifodalashi kerak edi. U dunyo sistemasining shu iflos oʻyini haqida aytib, “boshimizga tushib borayotgan barcha boʻhronlar, ofat va qiyinchiliklarga olamiy xalqaro siyosat aybdor. Ha, biz xalqaro quvvatlarga tobemiz! Aks holda men sizlardan sadaqa soʻrab, shu ahvolga tushgan boʻlmas edim”, deb bayonot berishi kerak edi! Atambayevning Yevropada bergan siyosiy bayonotidagi maʼno real voqeʼlikning aksini ifoda etdi.