“Ha” yoki “yoʻq” yechim emas, haqiqiy yechim Xalifalikdir
Islomiy oʻlkalarning biri boʻlgan Turkiyada davlat boshqaruv tizimini hozirgi parlament tizimidan prezidentlik boshqaruv tizimiga oʻzgartirish haqida qizgʻin tashviqotlar olib borilyapti. Mazkur rejani qoʻllab quvvatlovchilarning ovozi ustun kelib boshqaruv tizimi oʻzgaradigan boʻlsa, katta ijobiy oʻzgarishlar boʻlishiga vaʼdalar berilyapti. “Yoʻq”, deya qarshi chiquvchilarni esa, bilmagan holda terrorchilarga yon bosib qoʻyishdan ogohlantirilyapti.
Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati islomiy aqidaga tayangan holda bu ikki boshqaruv ham, yaʼni parlamentlik boshqaruv tizimi ham, prezidentlik boshqaruv tizimi ham Islomga umuman begona ekanligini Ummatga yetkazish uchun bor kuchini saflamoqda. Yaqinda tvitter ijtimoiy tarmogʻiga joylashtirilgan “Ha yoki yoʻq yechim emas, haqiqiy yechim Xalifalikdir” (#NeHayırNeEvetÇözümHilafet) nomli heshteg kisqa vaqt oraligʻida ommabop (populyar) mavzuga aylandi. Tvitter roʻyxatida uzoq vaqt birinchilik maqomini egallab turgan bu heshteg million kishiga yetib borishga muvaffaq boʻldi.
Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyatining matbuot boʻlimi feysbok ijtimoiy tarmogʻi orqali ushbu mavzuga doir qisqacha bayonot taqdim qildi.
“Ha yoki yoʻq yechim emas, haqiqiy yechim Xalifalikdir, nomli heshteg orqali demokratik ilmoniy tuzumlar va ularning konstitutsiyalari musulmonlarni yuksaltirishga qodir toʻgʻri yechimlarga ega emasligini, shu bois musulmonlar eski va yangi barcha kufr tizimlarini va konstitutsiyalarni rad qilayotganliklarini va faqat vahiyga asoslangan bir dasturni talab qilayotganliklarini koʻrsatib qoʻyishga harakat qildik. Hizb ut-Tahrir har bir joyda, har bir sharoitda va oʻzining har qanday platformasida Islomiy boshqaruv nizomi boʻlgan Xalifalikni yoritib berishni va uni barpo qilish uchun harakat olib borishni muntazam davom ettiraveradi”, deyiladi qisqacha bayonotda.