بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم
Ahmoq Tramp
Trampning islomiy olamdagi yetti davlat musulmonlarini AQShga kiritmaslik haqida chiqargan qarori Amerikadagi musulmonlar gʻazabini qoʻzgʻadi. Vaholanki, bu qaror AQSh maʼmuriyati “terrorizmga qarshi kurash” kampaniyasi doirasida qabul qilib kelayotgan bir qator qarorlaridan farq qilmaydi. Butun diqqat-eʼtiborni hozirda boʻlayotgan voqea-hodisalarni tushunishga, bunga oʻxshash qarorlarga qanday raddiya bildirish kerakligiga qaratish musulmonlar vazifasidir. Bu sharʼiy ahkomlarni quyidagi tarzda tushunish doirasida boʻladi:
Amerikadagi ikki partiya: Demokratlar partiyasi bilan Respublikachilar partiyasi tomonidan qoʻllanayotgan “rad etish va qabul qilish” siyosati kundek maʼlum. Musulmonlarni rad etayotgan Respublikachilar siyosati boʻladimi yoki ularni qabul qilayotgan Demokratlar siyosati boʻladimi, bu ikki partiya ham musulmonlar manfaatiga mutlaqo eʼtibor bermaydi va ikkalasi ham Islomga butunlay zid boʻlgan kapitalistik sistemaga xizmat qiladi. Darvoqe, Rosululloh A Makka zodagonlari taklifidan bosh tortishda juda ajoyib namuna koʻrsatdilar. Oʻshanda ular Rosulullohga islomiy ahkomlardan baʼzilaridan voz kechishi, buning evaziga ular daʼvatni davom ettirishga ruxsat berishlari taklifini qoʻyishgandi. Alloh Taolo bunday dedi:
لَكُمْ دِينُكُمْ وَلِيَ دِينِ
“(Ayting Muhammad) sizlarning diningiz oʻzlaringiz uchun, mening dinim oʻzim uchundir!” [Kafirun 6]
Qoʻrquv insonlarni jilovlab olsa, gʻarizalari ularni shu qoʻrquvga bogʻlab, boʻysundirib qoʻyadi. Ammo Alloh Subhanahu va Taolo bizga sinov va imtihondan qochib qutulib boʻlmasligini, biroq Allohga tavakkal qilib, Unga suyanib, tinimsiz amal qilish kerakligini, ana shunda Allohga yaqin boʻlishimizni eslatgan. Chunki sinov Allohning moʻmin bandalariga belgilagan qonuni. Alloh Taolo bunday dedi:
أَمْ حَسِبْتُمْ أَنْ تَدْخُلُوا الْجَنَّةَ وَلَمَّا يَأْتِكُمْ مَثَلُ الَّذِينَ خَلَوْا مِنْ قَبْلِكُمْ مَسَّتْهُمُ الْبَأْسَاءُ وَالضَّرَّاءُ وَزُلْزِلُوا حَتَّى يَقُولَ الرَّسُولُ وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ مَتَى نَصْرُ اللَّهِ أَلَا إِنَّ نَصْرَ اللَّهِ قَرِيبٌ
“Yoki sizlardan ilgari oʻtgan zotlar ibrati sizlarga kelmay turib jannatga kirishni oʻyladingizmi? Ularga balo va musibatlar (ustma-ust) kelib, shunday larzaga tushgan edilarki, hatto paygʻambarlar va moʻminlar: Axir qachon Allohning nusrati keladi? deyishgan edi. (Shunda) ularga bunday javob boʻlgan edi: “Ogoh boʻlingizkim, Allohning nusrati yaqindir”” [Baqara 214]
Biz amallarimizning qoʻrquvga boʻysunib qolishiga, u bilan boshqarilishiga yoʻl qoʻymasligimiz kerak, balki ularni halol va harom doxil sharʼiy ahkomlarga muvofiq harakatlantirmogʻimiz darkor. Agar amallarimizni qoʻrquv boshqaradigan boʻlsa, bizni butun Islom Ummatidan uzish va u bilan birlashtirmaslik uchun qattiq harakat qilayotgan kimsalar gʻalabaga erishgan boʻladi. Bu esa musulmonlar sifatiga zid, albatta. Ha, bizda Islomga nisbatan mutlaq toʻla ishonch boʻlmogʻi va islomiy shaxsiyamizni, qadriyatlarimizni himoya qilmogʻimiz, odamlar bilan kirishib, ularga Islomni yetkazib, kelasi avlod uchun namuna boʻlmogʻimiz shart. Alloh Taolo
فَلَا تَخْشَوُا النَّاسَ وَاخْشَوْنِ
“Odamlardan qoʻrqmang, Mendan qoʻrqing” [Moida 44]
deya bizga odamlardan qoʻrqmaslik kerakligini eslatgan.
3- Vayron etish, qirgʻin qilish va notinch vaziyat yaratish kapitalizmning eng koʻzga koʻringan sifatlaridandir. Amerika prezidentining Respublikachilar partiyasidan yoki Demokratlar partiyasidan boʻlishining farqi yoʻq, musulmonlarga nisbatan umumiy siyosat bitta. Obama uchoqlarining yashirin hujumi bilan Trampning ochiq-oshkor bayonotlari oʻrtasida hech qanday farq yoʻq. Chunki umumiy siyosat kapitalistlar tomonidan shafqatsizlik bilan olib borilaveradi. Axir, Obama davrida Amerikadan bir milliondan ziyod musulmon va boshqalar chiqarib yuborilgan! Obama siyosati Tramp siyosatiga zamin tayyorlab qoʻygani aytilmasa ham tushunarlidir. Endi Tramp ayni siyosat asosida musulmonlarni Amerikaga kiritilishini taqiqlash va oila-aʼzolarni bir-birlaridan boʻlib tashlash siyosatini qoʻllaydi.
Musulmonlarning Amerika va boshqa Gʻarb davlatlariga hijrat qilishlarining sababi ushbu davlatlarning musulmonlar boshiga bombalar yogʻdirayotgani va mazkur roʻyxatda qayd etilgan yetti islomiy yurtning ayrimlarini bosib olganidir. Balo-musibatlar faqat bular emas, balki musulmonlar qolgan oila-aʼzolari bilan yurtdan qochib chiqish uchun chegaralar va elchixonalar eshiklari oldida tahqirlanib, xorlanmoqdalar. Alloh Taolo aytadi:
وَلَنْ تَرْضَى عَنْكَ الْيَهُودُ وَلَا النَّصَارَى حَتَّى تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ
“Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi boʻlmaydilar” [Baqara 120]
Ey musulmonlar!
Bizning vazifa Islom ahkomlari bilan cheklanib, musulmonlar sifatida bir-birimizni qoʻllashdan hamda Islomga nisbatan notoʻgʻri qarashni yoʻq qilish uchun jamiyatga kirib borishdan iborat. Shuningdek, Gʻarbning musulmonlarga nisbatan qoʻllayotgan ikkiyuzlamachilik siyosatlarini va buzgʻunchiligini fosh etmogʻimiz, Islom va uning qadriyatlari buyukligini namoyon etmogʻimiz, uni zolim va zoʻravon tuzumga alьternativ sifatida taqdim qilmogʻimiz, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash sari butun olam boʻylab ketayotgan faoliyatni qoʻllab-quvvatlamogʻimiz lozim. To Islom ahkomlariga rioya qilinmas ekan, bu dunyo baxtiga yetish va oxirat azobidan qutulishning imkoni yoʻq. Unutmang, bizga Alloh Taolo peshonamizga yozib qoʻygan ishdan boshqa narsa yetmaydi. Zero, bizni himoyachimiz, yordamchimiz va nusrat beruvchimiz faqat Uning Oʻzidir.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ
“Ey moʻminlar, Alloh va Uning Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga daʼvat qilgan paytda uni qabul qilinglar” [Anfol 24]
Hizb ut-Tahrir Amerika
6 jumodul-avval 1438h
3 fevral 2017m