NATO Qora dengizdagi mavqeyini mustaxkamlaydi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberning maʼlum qilishicha, alьyansga aʼzo-davlatlar mudofaa vazirlari Qora dengizda harbiy-dengiz pozitsiyalarini kuchayish haqida qaror qabul qilishdi. Uning doirasida mintaqadagi vaziyat haqida maʼlumotlar yigʻish harakatlari faollashtiriladi.
“Bugun biz bu ish doirasida ikkita qoʻshimcha chorani qabul qilishga kelishib oldik. Bularga NATOning Qora dengizda mashqlar sonini oshirish va vaziyatdan yaxshiroq boxabar boʻlish boʻyicha harbiy-dengiz jihatdan pozitsiyani kuchaytirish hamda bizning doimiy harbiy-dengiz guruhlarimizning boshqa ittifoqdoshlar bilan oʻzaro aloqasini muvofiqlashtirish kiradi”, – dedi Stoltenberg jurnalistlarga bergan intervьyusida.
Uning fikricha, Rossiya bilan muloqotni kuch pozitsiyasidan kelib chiqib va “bosib turish” uslublaridan foydalangan holda olib borish kerak. Bu gʻarb davlatlari tomonidan sovuq urush paytida qoʻllanilgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa NATO Rossiyani asosiy xavf deb hisoblashi, shuning uchun harbiy pozitsiyani kuchaytirmoqchi ekanini taʼkidlab oʻtdi.
“Oʻtgan yilning iyul oyida Varshavada boʻlib oʻtgan NATO yigʻilishida Rossiya 1989 yildan beri ilk bor alьyans uchun asosiy tahdid deb tan olindi, uni “bosib turish” esa NATOning yangi missiyasi deb rasman maʼlum qilindi. Shu maqsadda blokni yanada kengaytirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Bu avval ham kuzatilgan, ammo endi ularning fikricha, buning uchun ishonchli sabablar topildi”, – dedi Putin.
Putinning taʼkidlashicha, alьyansga aʼzo-davlatlar Rossiyaga qarshi doimiy fitna uyushtirmoqda va uni mojaroga jalb qilishga intilmoqda.
Rossiyaning NATOdagi doimiy vakili Aleksandr Grushko esa dekabr oyida alьyansning Qora dengizidagi pozitsiyasini kuchaytirish bosimni oshirib, mintaqadagi xavfsizlikka salbiy taʼsir koʻrsatishi haqida maʼlum qildi.